Sabohat Azimjonova (1922-yil dekabr, Toshkent – 2001-yil, 26.4.) – sharqshunos olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950–1977), boʻlim boshligʻi (1977—1995), yetakchi ilmiy xodim (1995-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻrta asrlarda qoʻshni xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bagʻishlangan.

Asarlari Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning „Humoyunnoma“sini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. Sabohat Azimjonova bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy maʼruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharlaʼl Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati. Asarlari Kistorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957; Boburning Hindiston devoni, T., 1966; Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari