Aylantiruvchi moment – aylanayotgan jismning burchak tezligini oʻzgartiruvchi tashqi ta’sirlar oʻlchovi. U aylanish oʻqi (Mayl)ga nisbatan jismga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning momentlari yigʻindisiga teng (qarang Kuch momenti). Aylantiruvchi momentlar vektori aylanish oʻqida yotadi. Yoʻnalishi parma qoidasiga muvofiq topiladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil