Alajaxyoyuk — Boʻgʻozkoʻy qishlogʻidan (Markaziy Anadolu, Turkiya) shimolroqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4-3- ming yillik — mil. av. VII—VI asrlar). Ilk jez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarogʻ, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvozalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqa meʼmoriy inshootlar xarobalari ham saqlangan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Xettlar shaharlari