Amagasaki — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining janubiy sohilida, Osaka qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi – 498 ming kishi (1991). Osaka-Kobe industrial rayonining muhim sanoat markazi. Metallurgiya, mashinasozlik, aviatsiya, kimyo, toʻqimachilik, keramika, sement, oynashisha sanoati korxonalari va Kobe sanoatiga elektr energiya beradigan yirik issiqlik elektr stansiyasi bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Yaponiya shaharlari