Amir Ali Akbar Samarqandiy, Qutbul Aqtob (XVI asr) – oʻzbek sozanda-bastakori. „Ilmi odob“, „Ilmi axloq“ singari asarlar muallifi, juda koʻp savt va naqshlarni bastalagan. Murabbiy sifatida esa u Mahzumzodai Xorazmiy, Mavlono Darvish Boʻzgala, Mir Xokiy, Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ustod Toʻlak Noyi, Ustod Abdusattor Qonuniy, Ustod Arabiy Navoiy, Maxdumzoda Kotib singari taniqli sozandalarni tarbiyalab yetishtirgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil