Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi — yengil sanoat korxonasi. „Oʻzbekengilsanoat“ davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1966-yilda Andijon shahrida ishga tushirilgan. 1966-1995 yillarda Andijon trikotaj fabrikasi, Andijon trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1996-yildan hozirgi nomda. Erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 12 milliom dona trikotaj kiyimlari. Korxonada Fransiyaning „Alfa“ firmasi bilan hamkorlikda chet el sarmoyasini jalb etib, jahon andozalaridagi trikotaj kiyimlari ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etildi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Andijon Semurgʻ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.