Arabiston dengizi — Hind okeanining shimolida joylashgan chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². Oʻrtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari — Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha avgustda 24 — 27°ni tashkil qiladi. Shoʻrlik darajasi 35,8 — 36,5% tashkil qiladi . Oqimlar qishda soat mili harakati boʻyicha, yozda gʻarbdan sharqqa yoʻnaladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa koʻplab hayvonlar tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Dengizlar