Aralash oʻrmonlar — keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash oʻsadigan oʻrmonlar. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning mo’tadil nam iqlimli tekisliklari va togʻlarining quyi mintaqasida tarqalgan. Mo’tadil mintaqaning keng bargli-igna bargli (qayin, eman, juka, zarang, qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr) oʻrmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va boshqalar), igna bargli (kedr) aralash oʻrmonlari va boshqa turlari bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil