Gabriel Garsia Markes (ispancha: Gabriel García Márquez; 1927-yil 6-mart, Arakataka; 2014-yil 17-aprel, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.

Hayoti Gabriel Garsia Markes Kolumbiyaning Arakataka shahrida Gabriel Eligio Garsia va Luisa Santyaga Markes Iguaran oilasida tugʻilgan. Garsia Markes tugʻilgandan koʻp oʻtmay uning otasi farmatsevt boʻldi va xotini bilan Barranquillaga koʻchib oʻtdi. Garsia Markes bobo-buvisi Dona Trankilina Iguaran va polkovnik Nikolas Rikardo Markes Mejia bilan qoldi. 1936-yil dekabr oyida otasi uni va ukasini Sinsega olib ketdi, 1937-yil mart oyida bobosi vafot etdi. Keyin oila avval Barranquillaga, keyin esa Sucrega koʻchib oʻtdi. U yerda otasi dorixona ochadi.

Ijodiy faoliyati Markes dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Ma'shum zamon“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Ulug‘ onaning dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo davridagi muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Markesning „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

Garsia Markes 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi.

O‘zbek tiliga tarjimalar

Gabriel Garsia Markesning „Oshkora qotillik qissasi“ kitobini ilk bor shoir Tohir Qahhor rus tilidan tarjima qilgan.

Keyinchalik Nurali Qobul va Anvar Jo‘raboyevlar hamkorligida Markesning „Yolg‘izlikning yuz yili“ romani 1986-yil rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Atoqli tarjimon Ibrohim G‘ofurov Markes nomini abadiylikka muhrlagan „Buzrukning kuzi“ (Mustabidning poymonasi) romanini XXI asrning dastlabki yillarida o‘quvchilarga tuhfa etgan.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

Gabriel García Márquez asarlari

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar