General (lotincha generalis — umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, XVI asrda Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada XVII asrning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik, armiya generali kabi generallik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qoʻshin turlarida generallik unvoniga (armiya generalidan tashqari) tegishli qoʻshin nomi qoʻshib ataladi (mas, artilleriya generalmayori).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Harbiy unvonlar