Degreztepa — shahar harobasi (1 — 5—VIII asrlar). Surxondaryo viloyati Oltin-soy tumani Degrez suv omborining jan.-gʻarbida. Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli. Mayd. 6 ga dan ortiq. Mudofaa devorlarining qoldiklari tepaliklar (eni 10 m, boʻyi 4 m) sifatida saqlanib qolgan. Burchaklar minoralar bilan himoyalangan. 3 ta darvozasi boʻlgan. Shahar arkining atrofi xandaq bilan oʻralgan. Kushonlar davri va ilk oʻrta asrlarga oid sopol idishlar topilgan."" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Surxondaryo viloyati