Marlene Dietrich () (1901-yil 27-dekabr, Berlin – 1992-yil 6-may, Parij) – nemis va amerika aktrisasi va qoʻshiqchisi. Kinoda 1922-yildan, 1930-yildan Hollywoodda ishlagan. The Blue Angel („Moviy farishta“), Morocco („Marokko“), Witness for the Prosecution („Ayblovchining guvohi“), Judgment at Nuremberg („Nyurenburg protsessi“), Schöner Gigolo, armer Gigolo („Goʻzal jigalo – baxtsiz jigalo“), Shanghai Express („Shanxay ekspressi“), The Scarlet Empress („Qizil imperator ayol“) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Estradada ham taniqli xonanda sifatida koʻpgina mamlakatlarda konsert bergan. Fashizmga qarshi ayovsiz kurashgan.

Manbalar

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Germaniyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar