Drogobich — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar. Tismenitsa daryosi boʻyida, Karpat togʻlari etagida. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 79 mingdan ziyod kishi (2024-yillar oʻrtalari). Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (avtomobil kranlari, gaz apparaturalari va b. ishlab chiqariladi), konchilik, kimyo, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, pedagogika instituti, oliy va maxsus oʻrta oʻquv yurtlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. D. atrofidan neft qazib olinadi. D. shahar sifatida 1238-yildan maʼlum. Roman minorasi (XIV asr boshlari), gotika kostyoli (XV asr). Vozdvijenye (XVII asr) va avliyo Yura yogʻoch cherkovlari saqlangan. 1952 yil temir yoʻl vokzali qurilgan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil