thumb|Ismoilbek Gasprinskiy (1872)

Jadidchilik yoki Jadidizm (arabcha: جديد; jadid— yangi) — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tatariston ziyolilari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Dastlab jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.

Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan. Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSR parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.

Kelib chiqishi thumb|Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoil Gaspirali rahbarligida qrim tatarlar oʻrtasida vujudga kelgan.

Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895–1905; 1906–1916; 1917–1920; 1921–1929-yillarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“sida (1898) yaxshi bayon qilgan.

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari—hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi:yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

Gʻoya va maqsadlari Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish shariatni isloh qilish xalqqa maʼrifat tarqatish Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

Jadidlar +JadidlarMahmudxoʻja BehbudiyAbduqodir Shukuriy (Shakuriy)Azjiy (Saidahmad Siddiqiy)Munavvarqori AbdurashidxonovAbdulla AvloniyHamza Hakimzoda NiyoziyUbaydullaxoʻja AsadullaxoʻjayevToshpoʻlatbek NorboʻtabekovFayzulla XoʻjayevUsmonxoʻja PoʻlatxoʻjayevAbdulvohid BurhonovSadriddin AyniySaid Ahmad VasliyMusojon Yoʼldoshevich SaidjonovBoltihoji SultonovRahmonberdi MadazimovMuhammadsharif SoʻfizodaOrifjon OlimjonovAbdurauf FitratAshurali ZohiriyAbdulla BadriyGʻulom ZafariyMuxtorjon Yoʼldoshevich SaidjonovRahmat RafiqovAbdurahim YusufzodaAbdulla QodiriyTavalloAbdulhamid ChoʻlponLutfullo OlimiyVadud MaxmudIbrohim DavronDevoniyHoji Muin ibn ShukrulloMuhammad Ikrom ibn AbdussalomRafiq MoʻminIs’hoqxon IbratSharifjon Maxdum Sadr ZiyoAhmadjon Abdusaidov (Hamdiy)Mirzo Sirojiddin Hakim BuxoriyMirzo Abdulvohid Burhonov — MunzimMazhariddin BurhonovMuhammir BurhonovMuinjon AminjonovOtaulla XoʻjayevAbdurashid MukamilovObidjon MahmudovDadamirzaqori ShayxovNosirxontoʻra Kamolxontoʻra oʻgʻliZahiriddin QosimovKomilbek NorbekovHoshim ShoyiqMuhammad Yusuf Xoji DoiyMajid Qodiriy (Qodirov)Poʻlat SoliyevPorso XoʼjayevAbduvahob MurodiyGʻozi YunusQayum RamazonPolvonniyoz hoji YusupovBobooxun SalimovAbduvahob IbodiyShokirjon RahimiySulaymon XoʻjayevFayzulla UsmonovElbekAbdulla RahmatzodaAkrom UsmonovAbdurahmon GʻoyibiyBekjon RahmonovSalimxon TillaxonovNaimjon YoqubzodaHamro XoʼjayevBаhovuddin АminjonovMoʻminjon MuhammadjonovMirmuhsin ShermuhamedovGʻozi Olim YunusMirmulla ShermuhamedovXolid SaidSaidrizo AlizodaHayratiyBahrom HaydariyUsmonxon Eshonxo‘ja o‘g‘liAnqaboy XudoybaxtovMiskinNozimaxonimMulla Abdullohbek Musabekhoji oʻgʻliShokir SulaymonShahid Eson Musa oʻgʻliAbdusalom AkramovAbdulqodir MuhiddinovToshxoʻja AshurxoʻjayevAfandixon AxtariyAhmad NayimSaidnosir MirjalilovSayyid Muhammad FansurullohbekSayid Muhammad TemurbekAbdulhay TojiyevAbduvosiq MuhammedovShamsiddin Ibrohim oʻgʻliAbduvohid Abdurauf qori oʻgʻliAʼzam AyubovKarim AbdullayevNazir ToʻraqulovNazir SholikorovSolih MuhammadSaʼidali Usmonxoʻja (Anqara)Yoqubxoʻja Bahriddinxoʻja oʻgʻliMulla Mardonqul Shohmuhammad oʻgʻliMuhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻliMiyon Buzruk SolihovAbulqosim SayfullazodaJumaniyoz OlloqulovQori Yoʻldosh PoʻlatovAzizxoʻja Avliyoxoʻjayev (Aziz Xoʻja)Husaynxon NiyoziyHasanxon NiyoziyOtajon HoshimNiyoz RajabzodaIlhom IslomovSaid GʻafuriyPoʻlat XoʻjaboyevNoʻshiravon YovushevNasimjon MahmudovGʻafurxon MusaxonovRahmatulla MuzaffarovSayid Muhammad NuriddinbekHaydar HayotiyHoji Safo JoʻraboyevHodi FayziyQosim QoriMusa HakimovIsmoil SadriyMuhammad NazariyOlim qori KenjayevSattor XoʼjayevMirza IsametdinovMuhammadjon AvazjonovRaxmatjon AvazjonovHamro AbdullaevUsmon Amonov QosimovichNeʼmat NarzullaevBadeʼ AbdullaIsomiddin AlovuddinovLaffasiyQobulzoda Hoji OlimLatifjon Madali QoziyevUsmonxoʻja ToʻxtaxoʻjayevTangriqul MaqsudiySayid Ahmad Naziriy (Nazirov)Abdulla AlaviyBaqoxon AbdullaxoʻjayevHaydarbek AbdusaidovNazirbek АbdujabborbekovBahrom DavlatshoevSattor JabborToshbolta AbduvahobovAbdurahmon oʻgʻli NiyozAsadulla mulla AʼzamxoʻjayevAhmad qori TojixoʻjayevAhmadali Muhammad Yoʻldosh oʻgʻliAhmadbek hoji YusupovBadikovAkbarali BoytursunovBotirxoʻja XoltoʻraxoʻjayevZayniddin qoriBobooxun mulla IsmoiloxunovImomnazar Gʻoyibnazar oʻgʻliMamajon MurodovKattaxoʻja BoboxoʻjayevHusayn MansurovMuhammatjon MagometovKamolov Mirxajon Mirza Abror oʻgʻliMahmud Iyso EralizodaMahmud XoliqzodaQoʻchqorboy MiraliyevMamajon hoji Yoqub SarkorovMirza BaxtiyorMirza FozilOlimxoʻja MirzayunusovMulla Abdulqodir oʻgʻli Mulla ErgashboyMulla RustamMulla ImomnazarMulla Izatulla QoriMulla Abdulgʻani Mulla Abdurahim oʻgʻliMulla FaxriddinVali MirsalimovMulla Sodiqjon RahimjonxojiMulla Hoshimjon Muhammad Solih oʻgʻliMullo Nuriddin aʼlam Yoʻldoshxoʻja eshon oʻgʻliMullo Muhiddin maxdum aʼlam mullo MuhammadMullo Boqi oxund domullo Odilboy oʻgʻliIsmoil Jumaboy oʻgʻli Hoʻqandiy (Afgʻoniy)Mullo Muhammadjon boyvachcha KamoljonboevSaydalixoʻja MusaxoʻjayevMuhammadjon Kamoliddin qoriQozoqboy MuhammadsodiqovOtaxon NazarboyevNaimjon afandiOlimjon Yoqub SarkorovOlimjon Nurmahammadiy (Sulaymoniy)Olim MuhammadOrtiq domlaRahimjonhoji Aliboy oʻgʻliSalohiddin al-MajidiySayfiddinov S.Serkaboy OqoyevSolihabegim XoliqiyMuhammadjon Yoqub SarkarovSohibjon Shermuhammadboy oʻgʻliToʻraxon Noʻmonxon oʻgʻliTojixoʻja qori ibn AbdurahmonAbdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad SodiqovPoshshoxoʻja UmarxoʻjaevHabibullo UsmonovXoʻjaxon Mansurxoʻja oʻgʻliUmidiy (Muhammadumar qori Neʼmatulla oxun oʻgʻli)Xoʻjaxon AhmadxoʻjayevAbduvohid ChoʻbchizodaShamsiddin domlaShamsiddinbek HomidiySharifjonhoji Solih oʻgʻliShokirjon qori Solih oʻgʻliOrif ShokirovShohmuhammadxojiYahyo qoriAbduaziz QayumovAʼzim QodirovQori Bahrom AliQori MuhammadQosimiy AyubiyGʻurbatGʻulom GʻofurovHaydarzoda qori NajmiddinHusaynxon EshonzodaHusaynxoʻja SaodatiyHaziniy XoʻqandiyBotu (Mahmud Maqsudovich Xodiyev)Ilhomjon InogʻomjonovMirzo Xayrullo HoʻqandiyMuhammadjon XoliqiyMahmudxon AhmadxonovMuhyi — Muhammad Rizo Oxund oʻgʻliShokir MuxtorovNizomiddinxoʻja Asomiddinxoʻja oʻgʻliQoʻchqor OlimovMutrib XonaxarobiySadriddinxoʻja SharifxoʻjayevUbaydulla Sulaymonxoʻja oʻgʻliIsmoil ObidiyAbdulqodir QushbegiyevMisboh BurhonovXayriniso MajidxonovaMuhiddinxoʻja NuriddinxoʻjayevKarimbek NorbekovSaʼdullaxoʼja Tursunxoʼjayev

Turkiston mintaqasidagi yoʻnalishlari Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: Turkiston jadidchiligi Buxoro jadidchiligi Xiva jadidchiligi.

Turkiston jadidchiligi Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xomashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.

Buxoro jadidchiligi Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.

Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimchilar oqimi qarshi chiqdi. XX asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimchilarga boʻlingan edi.

1908-yil „Buxoroi sharif shirkati“ tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shugʻullandi. Ushbu insonlar shirkatning tashkilotchilari edi: Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov) Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja) Homidxoʻja Mehriy, Abdulvohid Burhonov Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy Abdurahmon Saʼdiy.