Yettiboʻgʻim (Aegilops cylindrica) — bugʻdoydoshlar (boshoqdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tuksiz, boʻgʻimlaridan egilgan. Bargi dagʻal, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshogʻi silindrsimon, uzunligi 7—12 sm. Boshokchalari 7—12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May va iyunda gullab, urug' beradi. Oʻzbekistonning choʻl va adir zonalaridagi boʻz tuproqda koʻp oʻsadi, ekin maydonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Bugʻdoydoshlar