Jarsoy — Toshkent viloyatidagi ilk va oʻrta paleolit davri yodgorligi. Koʻlbuloq makonitsan 1 km shim.sharqda joylashgan. Oxangaron vodiysida, 1994—95-yillarda Oʻ. Islomov rahbarligida olib borilgan ekspeditsiya tekshirishlari natijasida aniqlangan. J.dan koʻplab tosh qurollar, jumladan nukleuslar, levallua texnikasi bilan ishlangan qirgʻichlar, chopqilar va b. topilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Oʻzbekiston arxeologiyasi Turkum:Toshkent viloyati