Xayrulla Ravshanovich Joʻrayev (1945.20.1, Zomin tumani – 2023-yil 19-noyabr, Oʻzbekiston) – kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej., muharrir, bosh muharrir (1976—87). „Videofilm“ markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992—93), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yil 1 noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: „Ahmatovlar oilasi“, „Abdumannon Umarov“, „Abdulla Qodiriy“, „Hamid Olimjon“ va b.; toʻla metrajli: „Fuqaro“, „Barcha fazilatlar senda mujassam“, „Afgʻoniston, 85-yil kuzi“, „Ikki million tanish chehra“ (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va b. filmlar yaratgan. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 2023-yil 19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari