Mamatqul Ikromovich Ikromov (1923.30.4, Samarqand) – botanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), biologiya fanlari doktori (1972), prof (1973), Samarqand davlat universitetini tugatgan (1953), botanika kafedrasi mudiri (1964-1987), 1988-yildan professor-konsultant. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Bozulbang (lagoxilus)ning biologiyasi va ekologiya hamda uni madaniylashtirish, Oʻrta Osiyodagi dorivor oʻsimliklar zaxiralarini aniqlash, ular biologiyasi, ekologiya, geografiyasi, morfologiyasi, anatomiyasi va sistematikasini oʻrganish ustida tadqiqot olib borgan. „Tuban oʻsimliklar“, „Botanika (oʻsimliklar morfologiyasi va anatomiyasi)“ darsliklari muallifiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Oʻrta Osiyo bozulbang turkumi, T., 1976; Yangi dorivor usimliklar, T., 1993; Zarafshon vohasining oʻrta qismida oʻsuvchi dorivor usimliklar va ularni muhofaza qilish, T., 1992.

Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:30-aprelda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Biologiya fanlari doktorlari Turkum:Sovet professorlari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari