Innovatsiya — g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali yangi tovarlar yoki xizmatlarni yaratish yoxud mavjudlarini takomillashtirish jarayonidir. ISO TC 279 texnik qoʻmitasi ISO 56000:2020 xalqaro standartida innovatsiyani „qiymatni yuzaga keltiruvchi yoki qayta taqsimlovchi yangi yoki oʻzgartirilgan obyekt“ sifatida taʼriflaydi. Innovatsiya tushunchasiga boshqa taʼriflar ham berilgan. Ularning aksariyati yangilik yaratish, mavjud holatni takomillashtirish hamda gʻoyalar yoki texnologiyalarning keng tarqalishiga eʼtibor qaratadi.

Innovatsiya koʻpincha innovatorlar tomonidan bozorlar, davlat va jamiyatga taklif etiladigan yanada samarali mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar, texnologiyalar, sanʼat asarlari yoki biznes modellarini ishlab chiqish orqali amalga oshadi.

Manbalar