Interval — bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan ikki tovush oraligʻi. Tovushqatorning qamragan pogʻonalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tersiya, kvarta va hokazo) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan melodik interval, baravariga (qoʻshalogʻiga) sadolangan tovushlardan garmonik interval tarkib topadi. Musiqa nazariyasida intervallar hajmi (pogʻonalar soni) va tonlar miqdori bilan oʻlchanadi. Bir oktava doirasidagi intervallar oddiy, bir oktavadan keng intervallar (nona, detsima, undetsima va hokazo) tarkibiy intervallar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik intervallar konsonans va dissonanslarga boʻlinadi. Interval duana-zoʻning oʻlchov birligidir. Sharq musiqa nazariyasida interval boʻd deb yuritilgan.

Musiqiy intervallar roʻyxati

Oddiy intervallar Primadan oktavaga qadar kenglikda boʻlgan invervallar oddiy interval yoki asosiy intervallar deb ataladi. Ular qatoriga prima, sekunda, tertsiya, kvarta, kvinta, seksta, septima va oktavalar kiradi. Oddiy intervallarPogʻonalar soniNomiTuriTonBelgi1Primasof0 (unison)sof 12Sekundakichik katta0,5 (poluton) 1kich. 2 kat. 23Tersiyakichik katta1,5 2kich. 3 kat. 34Kvartasof orttirilgan2,5 3 (uchton)sof 4 ort. 45Kvintakamaytirilgan sof3 (uchton) 3,5kam. 5 sof 56Sekstakichik katta4 4,5kich. 6 kat. 67Septimakichik katta5 5,5kich. 7 kat. 78Oktavasof6 (oktava)sof 8

Manbalar

Turkum:Musiqa Turkum:Musiqa nazariyasi