Togʻjambil () - labguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 3 turi: Zarafshon T.i () va soxta T. (), oddiy T. () uchraydi. Zarafshon T.i Toshkent, Samarqand viloyatlarida, soxta T. faqat Fargʻona togʻlarining oʻrta va yuqori qismidagi toshloq yerlarda oʻsadi. Sershox, past boʻyli (5— 10 sm), oʻrmalab oʻsuvchi chala butacha. Barglari oddiy, mayda, teskari tuxumsimon, yoki choʻziq, qaramaqarshi joylashgan. Guli mayda, pushti va qizgʻish, xushboʻy, toʻpgul hosil qiladi. Iyun—sent. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi kosachabarglari bilan qoʻshilib oʻsgan 4 ta yongʻoqcha. T. efir moyli va shirali oʻsimlik hisoblanib, tabobatda ishlatiladi.
Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Dorivor oʻsimliklar Turkum:Ziravorlar Turkum:Shimoliy Amerika florasi