Konsumentlar (lotincha consumo -isteʼmol qilaman) — trofik zanjirda tayyor organik moddalarni isteʼmol qiladigan organizmlar. K.ning barchasi geterotrof. Bitta zanjirda birinchi tartibdagi (oʻtxoʻr hayvonlar), ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi K. (etxoʻrlar, yirtqichlar, parazitlar va boshqalar) oʻrin oladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar