Rustam Saʼdullayev (25-iyul 1950-yill, Toshkent) — oʻzbek, sovet kino va teatr aktyori, rejissor, ssenariynavis, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1989).

Hayoti Rustam Abdullayevich Saʼdullayev () 1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — „Dorbozlar“ filmida Alijon rolini ijro etgan.

1973-yilda „Sevishganlar“ filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov „В бой идут одни старики“ filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.

1975-yilda Rustam Saʼdullayev A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan.

Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk „Ostansya“ filmida rejissyorlik qilgan.

2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan „Koʻrlar“ („Slepie“) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy „Ravshan-film“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Rustam Saʼdullayev 2021-yildan Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida dars beradi. 2023-yilda shu institutning faxriy professori unvonini olgan.

Shaxsiy hayoti Oilasi: turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina bilan 1987-yilda suratga olingan „Shok“ filmining suratga olish jarayonida tanishishgan. Marina oldin „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan (hozirgi kunda xususiy mehmonxona sohibi). Ular 2 nafar farzandning ota-onasi: qizi Navroʻza (1993) jurnalist va oʻgʻli Ravshan informatika mutaxassisi.

Mukofotlari

Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist; „Doʼstlik“ ordeni; „Kinematografiya fidokori“ koʻkrak nishoni; „Xalq diplomati“ koʻkrak nishoni (2023-yil); „Billur Turandot“ birinchi teatr mukofotining XXII marosimida „Shon-sharaf, qadr-qimmat va tomoshabinlar oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy mukofoti (2023-yil).

Filmografiyasi Yil Film nomi RolRejissyor 1964 „Kanatoxodsi (Dorbozlar)“ Alijon 1969 „Vlyublennie (Sevishganlar)“ RustamElyor Ishmuhamedov 1973 „В бой идут одни «старики»“ (Jangga faqat „qariyalar“ boradihttps://daryo.uz/2020/03/12/ozbekistonlik-taniqli-aktyor-rossiyada-yil-odami-sifatida-etirof-etildi/ yoki Jangga faqat „keksalar“ chiqadihttps://buxortv.uz/uploads/posts/2019-10/1570392170_zagruzhennoe-6.jpg yoki Jangga faqat „qariyalar“ kiradi) Romeo 1998 „Kichkina tabib“ 2004 „Vlyublennie 2 (Sevishganlar 2)“ Rustam 2007 „Kechir“ Samiraning otasi 2008 „Meni tushun“ Sanamning otasi 2010 „Oʻgʻrigina kelin“ Sayyoraning otasi 2011 „Marafon lyubvi (Sevgi marafoni)“ Saidov 2012 „Qovun“ 2012 „Qora mushuk“ 2017 „Temur“

Serial Yil Film nomi Rol 2001 „Slepie“ 2002 „Drongo“ Jafarov 2004 „Bliznesi“ Nosirov 2009 „Sled salamandri“ „Bedor tuygʻular“

Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2013 Rayhon „Qani“ Rustam Saʼdullayev Nash milliy Romeo Rustam Sagdullaev Rustam Sagdullaev: Ya ne bolel zvyozdnoy boleznyu Rustam Sagdullaev: Svoyu glavnuyu rol ya eщyo ne sigral

Manbalar

Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Ssenariychilar