thumb|Lohur shahri
Lahore (o‘zbekcha: Lohur; urducha: لاہور) — Pokistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Ravi daryosining chap sohilida joylashgan bo‘lib, Panjob viloyatining ma’muriy va iqtisodiy markazi hisoblanadi. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Karachi shahridan keyin 2-o‘rinda turadi. Aholisi 5,1 million kishi (1998).
Tarixi Lohur milodiy boshlarida bunyod etilgan. X asrda u hind rojaliklaridan birining markazi bo‘lgan. XI asr boshlarida shahar Mahmud G‘aznaviy hukmronligi ostiga o‘tgan. 1099–1114 va 1153–1186-yillarda G‘aznaviylar davlatining poytaxti bo‘lgan.
1240-yilda mo‘g‘ullar, 1342 va 1398-yillarda xoxorlar, 1398-yilda esa Amir Temur qo‘shinlari tomonidan egallangan. Keyinchalik shahar Dehli sultonligi va Boburiylar imperiyasi davrida Panjob noibligining markazi bo‘lgan.
XVI–XVII asrlarda Boburiylar davrida Lohur muhim siyosiy va madaniy markaz sifatida rivojlandi. XVIII asrda u Nodirshoh va Ahmadshoh Durroniy hukmronligi ostida bo‘lgan. 1799–1849-yillarda Sikh imperiyasi tarkibiga kirgan, 1849–1947-yillarda esa Britaniya imperiyasi mustamlakasi bo‘lgan.
1947-yildan keyin Lohur Pakistan tarkibiga kirib, Panjob viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib qolgan.
Iqtisodiyoti Lohur — muhim transport tuguni bo‘lib, xalqaro aeroportga ega. Shahar Pakistanning yirik savdo-moliya va diniy markazlaridan biridir.
Sanoat tarmoqlari orasida to‘qimachilik (ip, jun va shoyi gazlamalar), oziq-ovqat, rezina-texnika, ko‘n-poyabzal, metallurgiya va mashinasozlik rivojlangan. Shuningdek, oyna-shisha ishlab chiqarish, temir yo‘l ustaxonalari va issiqlik elektr stansiyalari mavjud.
Lohur qadimdan hunarmandchilik markazi bo‘lib, oltin va kumush buyumlar tayyorlash, gilam to‘qish, kashtachilik va naqqoshlik rivojlangan.
Ta’lim va madaniyat Shaharda Panjob universiteti (1882-yildan), muhandislik-texnologiya universiteti, Milliy san’at kolleji faoliyat yuritadi.
Lohurda Markaziy muzey, san’at va savdo muzeylari, texnologiya muzeyi mavjud. Shahar yaqinida Shalimar bog‘lari, Jahongir maqbarasi joylashgan.
Aholisi
+ Lahor aholisi (turli yillar bo‘yicha) Yil Aholi soni Izoh 1881 138,878 Britaniya Hindistoni davri 1901 186,884 Mustamlaka davri ro‘yxati 1931 400,075 Shahar kengayishi boshlanishi 1951 1,130,000 Bo‘linishdan (1947) keyingi migratsiya 1961 1,630,000 Tez urbanizatsiya davri 1972 2,198,890 Sanoatlashuv o‘sishi 1981 2,988,486 Shaharga migratsiya kuchayishi 1998 6,340,114 Katta demografik o‘sish 2017 11,126,285 Zamonaviy mega-shahar bosqichi 2023 13,004,135 Rasmiy hisob
Me’moriy yodgorliklar Lohur ko‘plab tarixiy obidalari bilan mashhur. Ular orasida: Lahore qal’asi Badshahi masjidi Vazirxon masjidi Oltin masjid Jahongir saroyi
Transport Shahar avtomobil yo‘llari, temiryo‘l transporti va havo qatnovi orqali mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘langan.
Manbalar
Turkum:Pokiston shaharlari Pakistan Bureau of Statistics (PBS) – Census 2017 https://www.pbs.gov.pk/ Lahor aholisi 2023-yilda 13 milliondan oshgan