Magistratlar (lotincha — magistrate — boshliq) — Qad. Rimdagi davlat lavozimi. Respublika oʻrnatish davrida paydo boʻlgan (miloddan avvalgi VI asrning oxiri). Oliy M. (diktator, detsemvirlar, konsullar, pretorlar, senzorlar) va quyi M. (xalq tribunlari, edillar, kvestorlar va boshqalar) larga ajratilgan. Oliy M. yuqori hokimiyatga ega boʻlishgan, ularning mulozimi boʻlgan. Qolganlari esa oʻz majburi-yatlari doirasida farmon chiqarish va jarima solish huquqiga ega boʻlishgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Rim Respublikasi