Mariya Tereza (nemis: Mariya Theresia Walburga Amalia Christina; 1717-yil 13-may, Xofburg — 1780-yil 29-noyabr,Maria Theresia van Oostenrijk Vena) — Muqaddas Rim Imperatori, 1741-yil 25-iyundan Vengriya qiroli,Mariya Tereziya // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya: [v 30 t.] / pod red. A. M. Proxorova — 3-e izd. — M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1969. 1740-yil 20-oktabrdan Bogemiya qirolichasi. Mariya Tereza hukmronligi — maʼrifat va faol islohotlar davri boʻldi. Uning davrida savdo va qishloq xoʻjaligi yuqori darajaga chiqdi va Avstriyaning kuchsiz armiyasini qayta tashkil qildi, bularning barchasi Avstriyaning xalqaro mavqeini mustahkamladi. Biroq, u yahudiylar va protestantlardan nafratlangan va baʼzi hollarda ularni qirollikning chekka qismlariga badargʻa qilishni buyurgan. U, shuningdek, davlat cherkovini himoya qildi.U gabsburglar sulolasining eng mashhur vakillaridan biridir. Uning farzandlari orasidan ikki imperator (Iosif II va Leopold II), shuningdek, Fransiya va Navarra qirolichasi Mariya Antuanetta va Neapol va Sitsiliya qirolichasi Mariya Karolina ham bor edi.
Ma'lumot berdi: Kenjaboyev Shaxzod
Yoshlik yillari Muqaddas Rim imperatori Karl VI va Brunsvik-Volfenbüttellik Elizabet Kristinaning eng katta farzandi Mariya Tereza 1717-yil 13-mayda Vena shahrida tugʻilgan va oʻsha kuni choʻqintirilgan. Imperatorning opasi, ammasi Brunsvik -Lüneburglik Vilgelmin Amaliya va Noyburglik ona qirolicha Eleonore Magdalena uning choʻqintirgan onalari ediGoldsmith 1936, p. 17.. Mariya Tereza tugʻilganidan bir yil oʻtib, singlisi Mariya Anna ham tugʻilgan. Imperator oilasining portretlari Mariya Terezaning Elizabet Kristinaga oʻxshaganligini koʻrsatadiMahan 1932, p. 6.. Prussiya elchisi uning katta koʻk koʻzlari, ochqizil tusli sochlari, keng ogʻzi va xushbichim boʻyi borligini taʼkidlaganMahan 1932, p. 12.. Gabsburglar uyining boshqa koʻplab aʼzolaridan farqli oʻlaroq, Mariya Terezaning ota-onasi ham, bobosi ham, buvisi ham bir-biriga qarindosh boʻlmaganMembers of the Habsburg dynasty often married their close relatives; examples of such inbreeding were uncle-niece pairs (Maria Theresaʼs grandfather Leopold and Margaret Theresa of Spain, Philip II of Spain and Anna of Austria, Philip IV of Spain and Mariana of Austria, etc). Maria Theresa, however, descended from Leopold I’s third wife who was not closely related to him, and her parents were only distantly related. Beales 1987, pp. 20-1.. thumb|294x294px|Xofburg saroyi bogʻlarida uch yoshli Mariya Terezaning surati Mariya Tereza qoʻshiq aytishni va kamondan oʻq otishni yaxshi koʻrgan. Hatto otasi unga ot minishni taqiqlab ham qoʻygan. Unga taʼlimni iyezuitlar jamiyati aʼzolari berishgan. Mariya Terezaga odob-axloq qoidalarini grafinya Mari Karolin fon Fuchs-Mollard oʻrgatganCrankshaw 1970, pp. 19-21.. U rasm chizish, musiqa va raqs boʻyicha taʼlim olgan. Otasi unga 14 yoshidan boshlab kengash majlislarida qatnashishga ruxsat bergan, lekin u bilan hech qachon davlat ishlarini muhokama qilmagan. Garchi u umrining soʻnggi oʻn yilliklarini Mariya Terezaning merosini taʼminlashga sarflagan boʻlsa ham, Karl hech qachon qizini qirolicha boʻlishiga tayyorlamaganBrowning 1994 , p. 37.
Nikoh
Mariya Terezaning turmushga chiqishi haqidagi savol bolaligidayoq koʻtarilgan. Lotaringiyalik Leopold Klement birinchi boʻlib munosib daʼvogar deb hisoblangan va u 1723-yilda Venaga tashrif buyurishi va Mariya Tereza bilan uchrashishi kerak edi. Uning chechakdan oʻlimi bu rejalarni oʻzgartirib yubordiMahan 1932, pp. 24-5..
Leopold Klementning ukasi Frans Stiven Venaga taklif qilindi. Frans Stiven Mariya Tereza uchun asosiy nomzodi boʻlsa ham, Imperator boshqa imkoniyatlarni ham koʻrib chiqdiCrankshaw 1970, p. 22.. Diniy tafovutlar Mariya Terezaning protestant Prussiya knyazi Fridrix II bilan nikoh qurishga toʻsqinlik qildiCrankshaw 1970, p. 22.. 1725-yilda uning singlisi Mariya Anna bilan ispaniyalik Filippga unashtirildiMahan 1932, p. 26.Morris 1937, pp. 25-6..
Frans Stiven Lotaringiya taxtiga oʻtirgunga qadar 1729-yilgacha imperator saroyida qoldi, Polsha vorisligi urushi paytida Mariya Terezaning „qoʻlini“ rasman soʻradiMahan 1932, p. 27.. Frensis Stiven befarzand Buyuk Gersog Jan Gaston deʼ Medici vafotidan keyin Toskana Buyuk Gertsogligini qabul qilishi kerak ediCrankshaw 1970, p. 25.. Ular 1736-yil 12-fevralda turmush qurishdiMahan 1932, p. 38.. 1737-yil 9-iyulda Jan Gaston vafot etgach, Frans Stiven Lotaringiyadan voz kechdi va Toskana Buyuk Gersogiga aylandi. 1738-yilda Karl VI ularni Toskanaga yubordi. Bayram munosabati bilan Porta Gallada gʻalaba archasi oʻrnatildi, u bugungi kungacha saqlanib qolganMahan 1932, p. 261.. Ularning Florensiyada qolishlari qisqa boʻldi. Karl VI tez orada ularni ortda chaqirdi, chunki u yolgʻiz taxt vorisi oʻzidan bir necha mil uzoqda ekanligida vafot etishdan qoʻrqardiCrankshaw 1970, pp. 25-6..
Taxtga chiqishi Karl VI 1740-yil 20-oktabrda qoʻziqorindan zaharlanishdan vafot etdi. U butun hukmronligi davomida faqat xazinani toʻdirishga eʼtibor bergandiIngrao 2000, p. 129.. U Avstriyani yaqinda Turkiya urushi va Polsha vorisligi urushi tufayli bankrot boʻlgan qashshoq ahvolda qoldirdi; xazina atigi 100 000 guldendangina iborat ediMorris 1937, p. 47.. Bu urushlar tufayli armiya ham zaiflashgan edi; 160 000 kishilik armiya taxminan 108 000 kishiga qisqartirildi va ular Niderlandiyadan Transilvaniyagacha va Sileziyadan Toskanagacha boʻlgan kichik hududlarda tarqalib ketgandi. Ularning ahvoli ham juda yomon va tartib-intizom yoʻq edi. Keyinchalik Mariya Tereza hatto shunday degan: "Menga qolgan armiyaga kelsak, uni uni qanday ahvolda ekanligini tasvirlashga soʻz topa olmayman"Duffy 1977, pp. 145-6..
Taxtga oʻtirgan birinchi kunlardanoq u "Avstriya vorisligi" uchun urushlar boshlanib ketdi. 1748-yilda Axen tinchligi bu masalani Mariya Tereza foydasiga hal qildi, ammo u Sileziyani yoʻqotdi.
Mariya Tereza 1741-yil 25-iyun kuni Pressburg shahridagi (hozirgi Bratislava, Slovakiya Respublikasining poytaxti) Seint-Martin soborida Vengriya qirolichasi tojini kiydiSpielman 1993, p. 207..
''Avstriya vorisligi'' urushi Uning taxtga oʻtirishidan soʻng darhol Mariya Terezani qonuniy merosxoʻr deb tan olgan bir qator Yevropa qirollari oʻz vaʼdalarini buzdilar. Bavariya qiroli Karl Albert Mariya Terezaning qarindoshi Mariya Amaliyaga uylangan edi va u ham merosning bir qismini talab qilganMorris 1937 , p. 47..
Dekabr oyida Prussiya imperatori Fridrix II Sileziya gersogligiga bostirib kirdi va Mariya Terezadan undan voz kechishni talab qildi, agar u rad etsa, dushmanlari safiga qoʻshilish bilan tahdid qildi. Mariya Tereza foydali qazilmalarga boy viloyat uchun kurashishga qaror qildi. Fridrix agar unga Sileziyaning bir qismini berishga rozi boʻlsa u Mariya Terezaning huquqlarini himoya qilishga vaʼda berdi. Frans Stiven bunday kelishuvni koʻrib chiqishga rozi edi, ammo qirolicha va uning maslahatchilari bunga rozi boʻlmadi. Mariya Terezaning qatʼiyati tez orada Frans Stivenni Sileziya uchun kurashishga chorladi va u "Avstriya uyining marvaridini" saqlab qolishiga harakat qildiBrowning 1994, pp. 42, 44.. Natijada Prussiya bilan Birinchi Sileziya urushi boshlandi. Fredrixning Sileziyaga bostirib kirishi bir umrlik adovatning boshlanishi edi; Mariya Tereza uni butun umri davomida ismi bilan emas balki "oʻsha yovuz odam" deb ataganHolborn 1982, p. 218..
Avstriyada tajribali harbiy qoʻmondonlar yetishmayotganligi sababli Mariya Tereza Turkiya urushidagi yomon natijalari uchun otasi tomonidan qamoqqa olingan Marshall Neyppergni ozod qildiBrowning 1994, p. 44.. Neypperg mart oyida Avstriya qoʻshinlariga qoʻmondonlikni oʻz zimmasiga oldi. 1741-yil aprelida Mollvits jangida avstriyaliklar qaqshatqich magʻlubiyatga uchradilarBrowning 1994, pp. 52-3.. Fransiya Avstriyani Prussiya, Bavariya, Saksoniya va Ispaniya oʻrtasida boʻlish rejasini tuzdiCrankshaw 1970, p. 57.:
Bogemiya va Yuqori Avstriya Bavariyaga Moraviya va Yuqori Sileziya esa Saksoniyaga Quyi Sileziya Prussiyaga Avstriya Lombardiyasi Ispaniyaga berilishi kerak edi. Venada vahima boshlandi, negaki Mariya Tereza va uning maslahatchilaridan hech biri Fransiya ularga xiyonat qilishini kutmagan edi. Frans Stiven Mariya Terezani Prussiya bilan muzokaralarga undadi. Mariya Tereza istamay muzokaralarga rozi boʻldiCrankshaw 1970, p. 58..
thumb|Mariya TerezaAndreas Möller tomonidan chizilgan Hech kim kutmagan holda yosh qirolicha Vengriyadan katta yordam oldiBrowning 1994, p. 66.. Uning Vengriya qirolichasi sifatida toj kiyish marosimi 1741-yil 25-iyun kuni Pressburgdagi (hozirgi Bratislava) Avliyo Martin soborida boʻlib oʻtdi. U bir necha oy davomida marosim uchun zarur boʻlgan chavandozlik mahoratini oshirib, Diet bilan muzokaralar olib bordiYonan 2003, p. 118..
Iyul oyiga kelib yarashuvga urinishlar butunlay barbod boʻldi. Mariya Terezaning ittifoqchisi Saksoniya qirolligi endi uning dushmaniga aylandiCrankshaw 1970, p. 75.. Shuning uchun urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun unga Vengriyadan qoʻshin kerak edi. U allaqachon vengerlarning hayratiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, koʻngillilar soni juda kam edi. U koʻngillarni oʻn minglab boʻlishini kutgan. Shu maqsadda u 1741-yil 11-sentabrda Avliyo Stiven tojini kiyib, Vengriya dietasi oldida chiqish qilishga qaror qildi. U lotin tilida nutq soʻzlay boshladi va u shunday degandi: "Vengriya Qirolligining mavjudligi, oʻz shaxsimiz va farzandlarimiz va bizning tojimiz xavf ostida. Bizni hamma tark etgan paytda, biz vengerlarning sodiqligi va uzoq sinalgan jasoratiga tayanamiz"Mahan 1932, p. 121.. Oʻsha paytda kimdir unga qarata: „Vengerlardan yordam soʻragandan koʻra Shaytondan yordam soʻraganing qilgani maʼqul“ deb qichqirdi. Biroq u oʻzining oʻgʻli va merosxoʻri Iosifni yigʻlayotgan paytda qoʻllarida ushlab nutq soʻzlashi koʻplab vengerlarni toʻlqinlantirib yubordiMahan 1932, p. 122..
1742-yil iyundagi Breslau shartnomasi Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi harbiy harakatlarni toʻxtatdiBrowning 1994, p. 114..
Oilaviy hayot
Farzandlari thumb|290x290px|Mariya Tereza va Frans Stiven toʻy bazmida, Martin van Meytens tomonidan chizilgan. Karl VI (qizil shlyapali) stol oʻrtasida oʻtiribdi Yigirma yil davomida Mariya Tereza oʻn oltita farzand dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi Mariya Elizabet (1737-1740-yillar) toʻydan bir yil oʻtib tugʻilgan. Keyin Mariya Karolina (1740-1741-yillar) tugʻildi. Merosni saqlab qolish uchun kurashayotgan Mariya Tereza oʻgʻil farzand koʻrdi va ismini Jozef deb qoʻydi. Mariya Terezaning sevimli farzandi Mariya Kristina "Avstriya vorisligi" urushida Avstriya armiyasining magʻlubiyatidan toʻrt kun oldin tugʻilgan. Urush paytida yana beshta farzand tugʻilgan: Mariya Elizabet, Karl, Mariya Amaliya, Leopold va Mariya Karolina (1748-yilda tugʻilgan va vafot etgan). Avstriya vorisligi urushi va etti yillik urush oʻrtasidagi tinchlik davrida beshta farzand tugʻildi: Mariya Yoxanna, Mariya Jozefa, Mariya Karolina, Ferdinand va Mariya Antuenetta. U oʻzining soʻnggi farzandi Maksimilian Frensisni yetti yillik urush paytida 39 yoshida dunyoga keltirganMahan 1932, pp. 266-271, 313.. Mariya Terezaning taʼkidlashicha, agar u deyarli har doim homilador boʻlmaganida, u oʻzi jangga kirishgan boʻlardiHolborn 1982, p. 218.. №IsmiTugʻilgan yiliOʻlgan yiliU haqida1Mariya Yelizaveta5-fevral 1737-yil6-iyun 1740-yilBolaligida vafot etgan2Mariya Anna6-oktabr 1738-yil19-noyabr 1789-yilPragada abbatsitsa3Mariya Karolina12-yanvar 1740-yil25-yanvar 1741-yilBolaligida vafot etgan4Iosif II13-mart 1741-yil20-fevral 1790-yilImperator Iosif II, ikki marta uylangan, birinchi nikohdan ikki qiz tugʻilgan (ikkalasi ham goʻdakligida vafot etgan)5Mariya Kristina13-may 1742-yil24-yanvar 1798-yil1765-yilda u Saks-Teshenlik Albrextga turmushga chiqqan, yagona qizi oʻlik tugʻilgan6Mariya Yelizaveta13-avgust 1743-yil22-sentabr 1808-yilInsburg abbatsitsasi7Karl Iosif1-fevral 1745-yil18-yanvar 1761-yilMerosxoʻrsiz chechakdan vafot etgan8Mariya Amaliya26-fevral 1746-yil9-iyun