Nina Ivanovna Martinova [1905.17(30).9, Dnepropetrovsk — 1977.16.8, Moskva] — aktrisa va rejissyor Oʻzbekiston xalqartisti (1950). A. Lunacharskiy nomidagi teatr sanʼati institutini tugatgan (1928). Boku, Tbilisi, Kiyev teatrlarida ishlagan. 1941—43 yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida, 1944—64 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. M. yaratgan lirik qahramonlarda ayollarga xos nafosat metin xarakter bilan uygʻunlashib ketgan. Eng yaxshi rollari: Nina ("Maskarad"), Jessi ("Rus masalasi"), Dezdemona ("Otello"), Ofeliya ("Hamlet"), Lyubov Yarovaya ("Lyubov Yarovaya"), Xosiyat ("Paranji sirlari"), Anna Karenina ("Anna Karenina"), Frau Alving ("Arvoh") va boshqa Rej. sifatida "Doʻst — oʻrtoklar haqida" (V. Mass), "Bir stakan suv" (E. Skrib), "Akllilik balosi" (A. Griboyedov), "Oʻzganing soyasi" (K. Simonov) kabi asarlarni sahnalashtirganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:30-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:16-avgustda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar