Monreal universiteti — Kanadadagi fransuz tilida dare oʻtiladigan yirik universitetlardan biri. Kvebekdagi Laval universiteti (1852)ning filiali sifatida 1876-yilda tashkil etilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, filologiya, tabiiy fanlar, farmatsevtika, ijtimoiy fanlar, musiqa va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 50 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,2 mln.dan ortiq asar saqlanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Kanadadagi universitetlar Turkum:U15 Kanada tadqiqot universitetlari guruhi