Nenets tili () — Rossiya Federatsiyasining shimolida yashovchi nenetslarning tili; samodi tshglariyaan biri. Kola yarim orolidan Yenisey daryosining oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan tundra zonasida va Pur daryosi havzasidagi tayga zonasida tarqalgan; 25 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Tegishli ravishda 2 ta: tundra va oʻrmon lahjalariga boʻlinadi. Nenets tili fonetik jihatdan boshqa samodi tillaridan sezilarli farq qiladi; sintaksisi esa sodda gaplarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibida ovchilik, bugʻuchilik, baliqchilikka oid soʻzlar anchagina. Adabiy Nenets tili tundra laqjasi asosida shakllangan.
Nenets tili 1932-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1937-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tillar Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi