thumb|Gigrometr Nisbiy namlik - atmosferadagi suv bugʻining haqiqiy portsial bosimini shu temperaturadagi uning maksimal portsial bosimiga nisbatining foizlarda olingan qiymatidir. Mutlaq quruq havoda Nisbiy namlik nolga teng, toʻyingan havoda esa 100% boʻladi. Nisbiy namlik — biror bir havoning mutlaq yoki solishtirma namligining shu temperaturadagi toʻyingan holati uchun mutlaq yoki solishtirma namligiga nisbati deb ham qaralishi mumkin.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi