Pak Kin Xe (, 2-fevral 1952-yil, Tegu) – Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2013—2016). Mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezidentV Yujnoy Koree arestovali eks-prezidenta strani Pak Kin Xe.

Biografiyasi 1952-yil 2-fevralda Teguda tugʻilgan. 1974-yilda Songang universitetini tugatgan. 1981-yilda diniy seminariyada oʻqigan va nasroniylikni oʻrgangan. 1998-yilda parlament deputatligiga saylandi. 2004-2006-yillarda „Buyuk davlat partiyasi“ni boshqargan. 2007-yilgi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchradi. 2011-yilda „Buyuk davlat partiyasi“ nomi „Yangi marralar partiyasi“ deb oʻzgratirildi. 2012-yildagi parlament saylovida partiya gʻolib boʻldi. 2012-yil 19-dekabrdagi prezidentlik saylovida 51,55% ovoz bilan gʻalaba qozondi..

Noroziliklar va qamoq jazosi 2016-yil oktyabrda prezident davlat boshqaruviga aloqador oʻta muhim masalalarni davlat organlari va mansabdorlar bilan emas, balki yaqin doʻstlari, jumladan folbinlar, shomonlar va aqidaparastlarning gapiga kirib hal qilayotgani maʼlum boʻlganTaynie sovetniki. Vibirat politicheskiy kurs prezidentu Korei pomogali gadalki, sektanti i jigolo. Shunday shubxali shaxslardan biri – uning dugonasi Choi Soon-sil boʻlib, uning komyuteridan davlatning iqtisodiy-siyosiy faoliyatiga aloqador maxfiy hujjatlar topilgan. Park Geun-hye va uning yaqin doʻstlari ommaviy noroziliklarning asosiy sababchisiga aylandiShaman na visshem urovne, „Kommersant“. 29-noyabr 2016-yilda deputatlar uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, javobgarlikka tortishni taklif qilishdi. 9-dekabr 2016-yil parlament qarori bilan impichment eʼlon qilindi va 30-mart 2017-yilda hibsga olinganV Yujnoy Koree zaderjali eks-prezidenta Pak Kin Xe. 23-may kuni sud majlisida Park oʻziga qoʻyilgan 14 ayblovning hammasini rad etdiEks-glava Yujnoy Korei Pak Kin Xe v zale suda otvergla vse obvineniya. Yakuniy sud qarori bilan Park 170 million dollar jarimaga tortildi va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, ishni qayta koʻrib chiqish jarayonida muddat 25 yilga va jarima miqdori 20 milliard vongacha oshirildi. 2021-yil yanvarida mamlakat Oliy sudi 2020-yil yozida ishni koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan 20 yillik qamoq jazosini oʻz kuchida qoldirdi. 2021-yil dekabrida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in uni afv etdi.

Manbalar

Havolalar Park Geunhye addresses „U. S.-Korea Relations in a Changing World“ Park Geunhyeʼs speech at the JFK Jr. Forum „Star Rises for Daughter of South Korea“. Prokuratura vidvinula obvinenie eks-prezidentu Yujnoy Korei Bivshego prezidenta Yujnoy Korei ofitsialno obvinili v korrupsii

Turkum:Ayol prezidentlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar