Tojixon Toshmatovna Shodiyeva (; 1905 1981-yil yanvar) – oʻzbek sovet kommunistik faoli. Shodiyeva ommaviy ravishda paranjisini yechgan ilk va eng yosh fargʻonalik ayollardan biri. Xotin-qizlar ozodligi uchun kurashgan fao oʻlaroq tanilgan. Kommunistik partiyaning faol aʼzosi boʻlgan. „Yangi yoʻl“ (keyinchalik „Saodat“ deb qayta nomlangan) gazetasiga muharrirlik qilgan.

1938-yil mart oyida Iosif Stalin ning „Katta terror“ qatagʻoni davomida hibsga olindi va Magadan mehnat lagerida yuborildi. Shu sababli u keyingi yillar davomida jamoatchilik eʼtiboridan chetda qoldi. Ammo Stalin oʻlimidan keyin, reabilitatsiya qilindi, unga oldin berilgan mukofotlar qaytarildi, partiyaga aʼzoligi tiklandi. Keyinchalik u kolxozga raislik qildi.

Tojiyeva Lenin ordeni, Oktabr inqilobi, ikki marta Mehnat qizil bayroq, „Hurmat belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan. Vafotidan keyin oʻzi boshqargan kolxoz uning sharafiga qayta nomlangan, Fargʻona tumanidagi 134-qishloq hunar-texnika bilim yurtida uning byusti oʻrnatilganJurnal „Smena“ № 15 (965) ot 1967 god.

Manbalar

Havolalar Shodiyevaga yozilgan taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, 17.01.1981

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum: Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Margʻilon uyezdida tugʻilganlar Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar