Temir Poʻlatovich Xidirov (tugʻ. 1945-yil, Gungon qishlogʻi, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil 14-iyul) – davlat arbobi, Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi.

Biografiyasi Temir Poʻlatovich 1945-yil 14-noyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Gungon qishlogʻida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan va shu yili Qashqadaryo viloyati sugʻorish tizimlari boshqarmasi muhandisi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi birlashgan boshqarmasi bosh muhandisi boʻlgan. Shuningdek, Yakkabogʻ PMK boshligʻi va Qashqadaryo viloyati „Eskiangkadarkanalstroy“ tresti PMK boshligʻi boʻlgan.

1973-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan. 1976-yildan boshlab Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi sektor mudiri lavozimida ishlagan. 1980-yilda Toshkent Oliy partiya maktabini ham tamomlagan. 1983-yilda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan. 1984-yildan buyon Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri va Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman qoʻmitasining birinchi kotibi. 1988-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi kotibi va 1990-yildan Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi. 1991-yil may oyidan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻldihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880809.

1992-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan Temir Xidirov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan. 1995-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:12-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar