McDonald’s () – Amerika korporatsiyasi boʻlib, bugungi kunda jahondagi eng yirik fastfood restoranlar tarmogʻi hisoblanadi. 1940-yili Richard va Maurice McDonald tomonidan AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahrida restoran oʻlaroq asos solingan. 1955-yilda ishbilarmon Ray Kroc ushbu shirkatga franshiza agenti sifatida qoʻshildi va keyinchalik aka-uka McDonaldlardan uni sotib oldi. McDonald’s shirkati shtab-kvartirasi Illinois shtatining Oak Brook shahrida boʻlgan, 2018-yilning iyunida esa shtab-kvartirasi Chikagoga koʻchirildi.
McDonald’s daromadiga koʻra jahondagi eng yirik restoranlar tarmogʻi boʻlib, 2018-yilga koʻra, 100 dan oshiq mamlakat va hududlarda 37 855 ta doʻkonlargahttp://d18rn0p25nwr6d.cloudfront.net/CIK-0000063908/d72ec326-1c7b-4773-9130-0b32322d435d.html egadir. Bu restoran tarmoqlari har kuni 69 milliondan oshiq mijozlarga xizmat koʻrsatishadi. McDonald’s hamburgerlari, chizburgerlari va kartoshka frilari ortidan tanilgan boʻlsa-da, mahsulotlari qatoriga gazli ichimliklar, sut va muzqaymoqli ichimliklar, vraplar va desertlar ham kiradi. Mijozlarning taʼbi oʻzgarishi va korporatsiya oziq-ovqatlarining nosogʻlomligiga salbiy reaksiyasiga javoban kompaniya menyusiga salatlar, baliq, smuzilar va mevalarni qoʻshdi. McDonald’s korporatsiyasi franchayzilar tarafidan toʻlanadigan ijara va toʻlovlar, shuningdek, kompaniya boshqaradigan restoranlardagi savdodan foyda koʻradi. 2018-yilgi ikki hisobotga koʻra, McDonald’s 1.7 million ishchisi bilan jahondagi ikkinchi eng yirik ish beruvchi xususiy shirkatdir (birinchi oʻrinni 2.3 million ishchisi bilan Walmart egallab turibdi). 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, McDonald’s brend bahosiga koʻra, jahonda toʻqqizinchi oʻrinni band etib turibdi.
Filiallari roʻyxati