Ayiq panjasi () ― 1920-yillarning oʻrtalarida Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan Daniya uslubidagi xamirturushli xamirdan tayyorlanadugan shirin pishiriq. Daniyada ayiq panjasi kammeRoufs, Timothy G., and Kathleen Smyth Roufs. Sweet Treats around the World: An Encyclopedia of Food and Culture. ABC-CLIO, 2014. Gale eBooks, https://link.gale.com/apps/pub/8NLE/GVRL?u=wash_main&sid=GVRL. Accessed 16 Oct. 2020. deb ataladi. Qandolat mahsulotlari uchun ishlatiladigan „ayiq panjasi“ nomi birinchi marta 1915-yilda tasdiqlangan. Bu ibora Gʻarbiy Amerika ingliz tilida koʻproq uchraydi va AQShning mintaqaviy dialektlari boʻyicha tadqiqotlarining natijalariga 87-savol bilan kiritilgan: „Siz qandolatchilik uchun ayiq panjasi atamasidan foydalanasizmi?“.
Ingredientlar / Shakli Daniya pishiriqlarining koʻpi tuxum, xamirturush, un, sut, shakar va sariyogʻ kabi bir xil asosiy ingredientlarni oʻz ichiga oladiRoufs, Timothy G., and Kathleen Smyth Roufs. Sweet Treats around the World: An Encyclopedia of Food and Culture. ABC-CLIO, 2014. Gale eBooks, https://link.gale.com/apps/pub/8NLE/GVRL?u=wash_main&sid=GVRL. Accessed 16 Oct. 2020.. Ayiq panjasi ham „shirin xamir“dan tayyorlanadi, bu „odatdagidan koʻproq yogʻli boʻlgan non xamiri“"Frozen Cakes and Pastries." ID : the Voice of Foodservice Distribution, vol. 29, no. 11, 1993, p. 113.. Daniya pishiriqlarining koʻpi oʻrtasidagi farqlardan biri, taʼmidan tashqari, ularning shaklida. Ayiq panjasi odatda bodom pastasi, baʼzan esa mayiz bilan toʻldirilgan boʻlib, odatda yarim doira shaklida boʻlib, bir tomonida kesiklari boʻladi. Duxovkada xamir koʻtarilganda, boʻlaklar bir-biridan ajralib, ayiq barmoqlari shaklini hosil qiladi, nomi ham shundan kelib chiqqan. Ayiq panjasi shuningdek xamirturushli xamirdan asl shakliga oʻxshatib pishirilgan korjik boʻlishi mumkin. Bunday korjiklar ichiga olma pirogi kabi masalliq solish yoki pekan yogʻi, xurmo, qaymoqli pishloq, uzum yoki olcha kabi boshqa nachinkalar solinishi mumkin. Bodom yoki mayizdan ayiq panjasi shakli tayyorlanadiUp Your Pastry Game, delaya Bear Claws.
Tayyorlanishi Ayiq panjasini qoʻlda yoki mashinada tayyorlash mumkin. US Patent US 2434339 A. Filed 1944-03-22. Granted 1948-01-13.. Ayiq panjasini 1950-yilda Jeyms FennellC, Fennell James. „Bear Claw Cutter.“ 1950. ixtiro qilgan ayiq panjasi pichogʻi yordamida qoʻlda yasash mumkin. 1948-yildagi patentda ayiq panjasini yigʻish jarayoni tasvirlangan: xamirni yoyish, uning ustiga masalliqni solish, xamirni rulonga oʻrash, ularga tirnoq koʻrinishini berish uchun kichik kesiklar qilish va nihoyat, xamirni alohida pirojniylarga kesishMedvejiy kogot (Bear Claw). Bu vaqtda xamirni yarim doira shaklida egish mumkin, buning natijasida „panjaning barmoqlari“ ajralib chiqadi.
Manbalar
Turkum: Amerika shirinliklari Turkum: Pishirish