Enock Mwepu (; 1998-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — Zambiyalik professional futbolchi, Premier League vakili Brighton & Hove Albion klubida yarim himoyachi va Zambiya terma jamoasi sardori.

Jamoalardagi faoliyati

Ilk Mwepu faoliyatini 2013-yilda Lusakadagi Kafue Celtic bilan boshladi, keyin Airtel Rising Starsga oʻtdi. 2015-16-yilgi mavsumda Mwepu Copperbeltning Power Dynamos futbol klubi bilan oz vaqt oʻynadi. 2016-yilgi mavsum oxirida NAPSA Starsga oʻtdi.

2017-yil iyun oyida Mwepu Red Bull Salzburgga qoʻshildi va Avstriya Futbol Birinchi Ligasida oʻynaydigan Zalsburgning Liefering klubiga ijaraga berildi. 2019- va 2020-yilgi mavsumda Mwepu oʻzini Salsburgning asosiy tarkibidan joy oldi. UEFA Chempionlar ligasida debyutini Anfieldda Liverpool ga 4:3 hisobida magʻlub boʻlganida oʻtkazdi. 2019-yilning 18-dekabrida Mwepu „Zalsburg“ bilan shartnomasini 2024-yilning yoziga qadar uzaytirdi.

Brighton & Hove Albion 2021-yilning 6-iyulida Enock nomaʼlum to‘lov evaziga to‘rt yillik shartnoma asosida Premer-liganing „Brighton & Hove Albion“ jamoasiga o‘tdi. 31-iyul kuni Luton Townda boʻlib oʻtgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 14-avgust kuni 2021-22-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Albiondagi debyutini oʻtkazdi va Enock „Turf Moor“da 2:1 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 2-boʻlimida Adam Lallanaga almashtirildi.

Mwepu 21-avgust kuni oʻz uyidagi debyutini mavsumning ikkinchi oʻyinida Watford ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan oʻtkazdi. Mwepu Brentfordga qarshi oʻyinda Leandro Trossardning goliga assistentlik qildi.

Mwepu 2022-yilni va umuman Sussexdagi vaqtini jarohat va kasallik tufayli kam oʻynadi. Jarohatdan qaytganidan keyingi ilk startida Mwepu 9-aprel kuni Arsenalga safarda 2:1 hisobida gʻalabali oʻyinda Trossardning goliga golli uzatmani amalga oshirdi va bu Brightonning yettita uchrashuvini gʻalabasiz yakunlashiga yordam berdi.

Mwepu aprel oyida sonidan yengil jarohat oldi va shu bilan mavsumning soʻnggi oʻyinida maydonga tushishga muvaffaq boʻldi, jamoasi oʻz uyida West Ham ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi, toʻqqizinchi oʻrinda mavsumni yakunladi.

Terma jamoalardagi faoliyati 2014-yilda Mwepu 2015-yilgi Afrika U-17 chempionatida mamlakatni himoya qilgan. 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan, u yerda Zambiya A guruhidan Niger, Nigeriya va Gvineya bilan oʻynagan. Mwepu oʻzining koʻp qirraliligi bilan mashhur.

Mwepu Zambiya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro golini AFCON saralash bosqichida 2017-yil 2-sentyabrda Lusakada Jazoirga qarshi o‘yinda kiritdi, o‘yinda Zambiya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shaxsiy hayoti Mwepuning ukasi Fransisko Mwepu ham professional futbolchi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Red Bull Zalsburg 2017-18 Avstriya Bundesligasi 8 1 2 0 — 0 0 10 1 2018-19 Avstriya Bundesligasi 19 1 3 1 — 6 0 28 2 2019-20 Avstriya Bundesligasi 25 4 4 1 — 7 0 36 5 2020-21 Avstriya Bundesligasi 29 5 6 5 — 10 0 45 10 Jami 81 11 15 7 0 0 23 0 119 18 Brighton & Hove Albion 2021-22 Premer-liga 18 2 1 0 2 1 — 21 3 Jami faoliyati 99 13 16 7 2 1 23 0 140 21

Xalqaro gollar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Zambiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Mwepu golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

+Enock Mwepu tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 2-sentyabr Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, Zambiya 3-1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2019-yil 16-iyun Stade de Marrakech, Marrakesh, Marokash 3-2 3-2 Doʻstona 3 2020-yil 12-noyabr Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, ZambiyaBotsvana 1-1 2-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 4 2021-yil 3-sentyabr Stade Olympique, Nuakchott, MavritaniyaMavritaniya 1-0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 5 2022-yil 25-mart Kervansaray sport markazi — Field 1, Antaliya, Turkiya 1-0 3-1 Doʻstona 6 2022-yil 7-iyun Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, ZambiyaKomor orollari 1-1 2-1 2023 Afrika Millatlar Kubogi saralashi

Yutuqlari Red Bull Salzburg

Avstriya Bundesligasi : 2017-18, 2018-19, 2019-20, 2020-21 Avstriya kubogi : 2018-19, 2019-20, 2020-21

Zambiya U20

Afrika U-20 Millatlar Kubogi : 2017 COSAFA U-20 kubogi : 2016

Individual

Brighton & Hove Albionning mavsum goli: 2021-22

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Zambiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:NAPSA Stars F.C. futbolchilari Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:FC Red Bull Salzburg futbolchilari Turkum:2. Liga (Avstriya) futbolchilari Turkum:FC Liefering futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Zambiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar