Oyxonim — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro xonligi hukmdori ashtarxoniy Vali Muhammadxonning (1605–1611) xotini. Ashtarxoniy xonimlar orasida yuksak eʼtibor sazovor boʻlgan Oyxonim ismli goʻzal ayol boʻlgan. U 1598–1628 yillarda hukmronlik qilgan qozoq sultoni Eshim sultonning qizi hisoblanadi.

Musulmon diniy eʼtiqodiga koʻra, „oy“ juda qadrlanib, Oyxonim ismi yaxshi ismlar sifatida qadrlangan. Buxoro xoni Vali Muhammadxon Buxoro taxtini egallagandan keyin, Oyxonimga uylangan. U Vali Muhammadxonning haramdagi eng suyukli ayol hisoblangan. Vali Muhammadxon oʻldirilgan soʻng, Imomqulixon ham shu ayolga uylangan.

Manbalar

Turkum:Ashtarxoniylar