„Shamol“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2007-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan Qoʻshiq lya minor tonalligida yozilgan.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Shamol“ qoʻshigʻini guruhning 2007-yilga qadar eʼlon qilingan, eski va yangi toʻrt qoʻshigʻidan iborat „16-albom“ nomli albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2007-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan. 2020-yil Sodiqovning YouTube kanalida qoʻshiqning remiksi eʼlon qilingan.

„Shamol“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ () terma albomiga ilk trek oʻlaroq kiritilgan. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:2007-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar