Said Akrom, yana Sayyid Mir Akromxon toʻra — mangʻitlar sulolasi vakili, amir Muzaffarning toʻrtinchi oʻgʻli. Buxoro amirligida koʻpgina bekliklarda hokimlik qilgan. Ukasi Said Abdulahadxon taxtga chiqqandan soʻng amir Muzaffarning oʻgʻillari orasidan lavozimidan chetlatilmagan yagona oʻgʻil boʻlgan.

Tarjimayi holi Amir Muzaffar hukmronligi davrida yoshligidanoq Said Akrom Boysun, Qarshi va Gʻuzor bekliklarining hokimi boʻlgan. Otasining vasiyatiga koʻra, Said Abdulahadxon akasi Said Akromni Gʻuzor bekligi hokimi etib tayinlagan. Said Akrom 1908-yilgacha Gʻuzor bekligi hokimi lavozimida qolgan. Amir Said Olimxon davrida toʻra Shahrisabz bekligi hokimi boʻlgan. Mirza Salimbek „Tarixi Salimiy“ asarida Said Akrom haqida quyidagi maʼlumotlarni yozib qoldirgan:

Oilasi Said Akromning koʻplab farzandlari boʻlgan boʻlib, shulardan biri Said Qosimxon Chiroqchi bekligining hokimi va amir Abdulahadxonning kuyovi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Mangʻitlar sulolasi Turkum:Gʻuzor beklari