Elijah Anuoluwapo Oluwaferanmi Oluvatomi Oluwalana Ayomikulehin Adebayo () (1998-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Elijah Adebayo hozirgi vaqtda „Luton Town“ futbol klubida hujumchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Faoliyati Elijah Adebayo 9 yoshligida „Fulham“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi va keyinchalik, „Slough Town“ va „Bognor Regis Town“ futbol klublarida ijara shartnomasi asosida oʻynadi. Elijah Adebayo 2018-yilning yanvar oyida „Cheltenham Town“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshildi.

2018-yilning 7-iyulida Elijah Adebayo Ikkinchi liga vakili „Swindon Town“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Shundan soʻng, 2019-yil 31-yanvarda Elijah Adebayo „Stevenage“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilishga rozilik bildirdi.

Elijah Adebayo 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Fulham“ futbol klubini tark etdi. „Fulham“ futbol klubni tark etganidan soʻng, Elijah Adebayo 2019-yil iyun oyida „Walsall“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2021-yilning 1-fevralida Adebayo nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganligini eʼlon qildi. Elijah Adebayo 2021-yilning 23-fevralida „Millwall“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) „Luton Town“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Shaxsiy hayoti Adebayo Angliyaning Brent shahrida tugʻilgan. Elijah Adebayoning asli kelib chiqishi esa nigeriyalikdir.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarFulham2016—2017Chempionat00000000002017—2018Chempionat00000000002018—2019Premyer liga0000000000Jami0000000000Slough Town (ijara)2016—2017Premyer liga6100—55116Cheltenham Town (ijara)2017—2018Ikkinchi liga7200000072Swindon Town (ijara)2018—2019Ikkinchi liga255201020305Stevenage (ijara)2018—2019Ikkinchi liga2000000020Walsall2019—2020Ikkinchi liga3082010403782020—2021Ikkinchi liga25101010102810Jami55183020506518Luton Town2020—2021Chempionat185———1852021—2022Chempionat401611001042172022—2023Chempionat203000000203Jami78241100108025Jami17350613013519556

Manbalar

Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari