John Patrick Coughlin (1985-yil 1-dekabr — 2019-yil 18-yanvar) — amerikalik figurali uchuvchi boʻlgan. Caydee Denney bilan birga 2012-yilda Toʻrt qitʼa musobaqasining kumush medali sohibi va 2012-yilda AQSh milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan. Oldingi sherigi Caitlin Yankowskas bilan birga 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va ular 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Coughlin oʻz joniga qasd qilish natijasida vafot etgan.
Shaxsiy hayoti Coughlin Missuri shtatining Kansas-Sity shahrida tugʻilgan. Uning onasi Stacy 2010-yil fevral oyida surunkali kasallik tufayli vafot etgan.
Faoliyati Coughlin konkida uchishni olti yoshida boshlagan. Faoliyatining boshida u Krista Smith, Kelsey Parker va Lucy Galleher bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan.
Murabbiy Dalilah Sappenfild sherik sifatida John Coughlinni Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan.
2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali — bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar.
Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan.
Dasturlari
Yankowskas bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2010 — 2011 Oblivion Ave Maria 2009 — 2010 Sonata for Piano No. 16 Pearl Harbor 2008 — 2009 The Swan Bram Stoker’s Dracula 2007 — 2008 The Swan Bram Stoker’s Dracula
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Yankowskas bilan juftlikda Xalqaro Musobaqa 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11 Jahon chempionati 6 Toʻrt qitʼa 4 4 Cup of China 3 GP NHK Trophy 4 Skate America 6 Skate Canada 7 Ice Challenge 1 Nebelhorn Trophy 6 Milliy AQSh chempionati 6 7 6 1 Midwestern Sections 1 1
Manbalar
Turkum:Figurali uchuvchilar Turkum:AQShlik figurali uchuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar