Rayhon Gʻaniyeva (1978-yil 16-sentyabr kuni tugʻilgan) — shunchaki Rayhon oʻlaroq maʼlum oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, aktrisasi va rejissori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2005). U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.

Hayoti Rayhon Gʻaniyeva 1978-yilning 16-sentyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Tamara Shokirova taniqli akstria boʻlgan va Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. Otasi Otabek Gʻaniyev ham Oʻzbekistonda va boshqa sobiq sovet mamlakatlarida shuhrat qozongan aktyor boʻlgan.

2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi. Mamajonov bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol oʻynadi. 2014-yilning 5-mayida Rayhon egizak oʻgʻil tugʻdi. 2015-yilning 9-yanvarida oʻzbek matbuotida atigi ikki yil birga yashagan Rayhon va Mamajonov ajrashayotgani haqida xabar qilindi.

2016-yil yanvarida Rayhon teleboshlovchi hamda shoumen Farhod Alimovga turmushga chiqadihttp://muz.uz/content/xonandalar/rayhon.html

Ijodi Rayhon Toshkentda joylashgan bolalar musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Keyinchalik u Oʻzbekiston jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasini oʻrgangan.

Uchinchi kursda tahsil olayotgan paytida „Xayol“ deb ataluvchi duetga asos solgan. 2000-yil yakkaxon karyerasini boshlagan. Rayhon 2002-yil chiqarilgan „Baxtli boʻlaman“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Qoʻshiq Rayhonning shu nomli albomiga kiritilgan. 2002-til qoʻshiqchi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida koʻpchilik oldidagi ilk kontsertini bergan.

Rayhon oʻzbek kino sanʼatida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Rayhon film ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Filmda u muvaffaqiyatli qoʻshiqchining murakkab hayotini koʻrsatib bergan. Qoʻshiqchi yana shu nom bilan ataluvchi qoʻshiqni bastalagan va kuylagan. Qoʻshiq filmning saundtrekiga kiritildi. Rayhonning rol ijro etish qobiliyatini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi baholashdi. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol oʻynamadi.

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Rayhon shu kungacha 13 albom chiqargan. „Sensiz“ (2001) „Baxtli boʻlaman“ (2002) „Sevgilim“ (2004) „Faqat muhabbat“ (2005) „Yodingdami?“ (2006) „Sogʻindim“ (2007) „Doimo“ (2008) „Orzuinga ishon“ (2009) „Tabassum qil“ (2010) „Sevaveraman“ (2011) „Sevgi bu nima?“ (2012) „Oyijon“ (2013) „Izlama“ (2015) „Javob ber“ (2017) „Tomchi“ (2018) „Mayli manda“ (2020)

Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor2000 „Azoblaysan“2002 „Baxtli boʻlaman“ „Bila turib“2004 „Faqat muhabbat“2005 „Hech ayrilma“ Jasur Shametov „Men nechun yaraldim?“ „Qaytolmayman“ Jasur Shametov2006 „Aytolmayman“ „Intilib yashayman“ Yodgor Nosirov „Xoʻp mayli“ Jasur Shametov „Yodingdami?“ Jasur Shametov „Yolgʻizim“2007 „Baka-bang“ „Izlaysan“ „Oʻrtamizda“ „Sen ketding“ „Seni deb“ „Sogʻindim“2008 „Afsus“ „Doimo“ „Netay“ „Yor-yor“ Yodgor Nosirov2009 „Nega?“ „Orzuinga ishon“ Yodgor Nosirov „Yalola“ (Bojalar bilan) „Yonimda boʻlsang“2010 „Bombey“ Yodgor Nosirov „Javob bergin“ „Men bu — men“ (Manzura bilan) „Sen bilan“ „Sevaveraman“ „Tabassun qil“ „U meniki“2011 „Baxtli kunlar“ „Bilmagandim“ „Ishonmay“ „Seni deya“ „Sumbula“ „Yurak uradi“2012 „Nega endi?“ „Unutaman“ Rustam Murodov „Прости“2013 „Aldangan yurak“ „Oyijon“ „Qani?“ Nozim Jumayev „Qayerdasan?“ „Samodan“ „Soʻnggi nafas“ „Yuragimdasan“ Jasur Shametov „Yuragimdasan“ (remiks) Jasur Shametov „Мама“2014 „Asalim mani“ „Izlama“ Jasur Shametov „Ne boʻlar?“ Davlat Arabshoyev, Husan Solihov „Soʻnaman“ 2015 „Dilimo“ Yodgor Nosirov „Kelinchak“ „Parvoz etay“ Jasur Shametov „Koʻnikmadim“ (Lola bilan) Jasur Shametov2016 „Javob ber“ „Yolgʻizlikda“ „Tabib“ Yodgor Nosirov „Habibi“ „Xalos et“ Yodgor Nosirov „Namaste“ Nozim Jumayev2017 „Olib ket“ „Bor yoki yoʻq“ (featuring Munisa Rizayeva) „Aldamagin“ (featuring Bojalar) „Vatan“ „Unutolaman“ „Hamma jam“ 2018 „Tomchi“ „Yurak“ („Tomchi: 2-qism“) „Ajabo“ „Mayli manda“2019 „Armondan soʻra“ „Ayt, nega?“ „Yolgʻonmi?“ „Alda“

Filmografiyasi Aktrisa + Film Yil Film Rol Izoh1980 Ленинградцы, дети мои... Xadichaning qizi 2000 Tohir va Zuhra (Yangi talqin) Zuhra Musiqiy film2006 Yangi yil parisi Oʻzi Musiqiy film Voy dod, sumalak! Oʻzi Musiqiy film2007 Kechir Samira 2010 Tohir va Zuhra 2 (Yangi talqin) Oʻzi Musiqiy film2011 Gʻaroyib orzular Oʻzi Musiqiy film2015 Sharofatxonning kelinlari yoxud Navroʻz muborak Oʻzi

+ Televideniye Yil Serial nomi Rol Izoh1999 Zanjir Nargiza 3-, 4-, 5-, 6-hamda 7-qismlar

+ Kliplar Yil Qoʻshiq nomi Artist2012 „Yengilaman“Manzura

Rejissor Yil Film Izoh2007 Kechir Samira

Ssenariy muallifi Yil Film Izoh2007 Kechir Samira

Mukofotlari Rayhon bir necha mukofotga sovrindor boʻlgan. U oʻzining ilk „Nihol“ mukofitni 2002-yil olgan. Bu mukofot muvaffiqiyatli oʻzbekistonlik ijodkorlarga beriladi. Oʻsha yili qoʻshiqchi „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlangan. Bu mukofot Oʻzbekiston musiqa sanʼatida yutuqlarga erishgan shaxslarga beriladi. 2004-yil Rayhon ikkinchi marta shu mukofot bilan taqdirlandi.

Rayhonning „Baxtli boʻlaman“ albomi yuqori baholandi va qoʻshiqchi 2003-yil „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlandi. 2005-yil qoʻshiqchi „Faqat muhabbat“ albomi uchun ham aynan shu mukofotni oldi.'' O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 14 yilligi munosabati bilan, prezident farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan(2005).

Manbalar

Havolalar

Rasmiy YouTube kanali

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar