Erken Medatovich Kagarov (1966-yil 6-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rossiyalik dizayner, Perm dizaynni rivojlantirish markazi ish boshqaruvchisi (2011–2012) va Artemiy Lebedev studiyasining badiiy rahbari.
Hayoti Erken Kagarov Toshkent shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Medat Aytoxunovich Kagarov uning otasi edi. Boʻlajak dizayner 1992-yilda Toshkent sanʼat institutini tamomlab, oʻsha yili Moskvaga koʻchib oʻtgan.
Uning dizayn sohasidagi birinchi ish joyi „Gratis“ reklama agentligi edi. Agentlikda 1992-yildan 1994-yilgacha faoliyat olib borgan. 1994-yilda „Imadesign“ studiyasiga asos solgan hamda 1994-yildan 2010-yilgacha shu studiyada ijodiy direktor lavozimida ishlagan. 1999-yilda Grafik dizayn oliy akademik maktabining ijodiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
Kagarov 2011-yildan 2012-yilgacha Perm dizaynni rivojlantirish markazining badiiy rahbari boʻlgan. 2012-yildan Artemiy Lebedev studiyasining badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Kagarov 2012-yildan Artemiy Lebedev studiyasida badiiy rahbar vazifasida ishlagan. Grafik dizayn akademiyasi akademigi hamda 2001–2007-yillar orligʻida vitse-prezidenti boʻlgan.
Erken Medatovich Moskva Rassomlar uyushmasi, Rossiya Dizaynerlar uyushmasi aʼzosi, Rossiya badiiy rahbarlar klubi hamda Moskva arxitektura qoʻmitasining arxitektura kengashi qoshidagi Badiiy kengash aʼzosi boʻlgan.
Mukofotlari Erken grafik dizayn boʻyicha koʻplab logotip va grafika tanlovlarida gʻolibi boʻlgan. 1997, 1998, 1999, 2001-yillarda „Dizayn. Yilning eng yaxshi ishi“ koʻrgazma-tanlovida „Viktoriya“ milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1999-yil Moskvada „Masterskaya konstruktivizma. Geometriya, struktura, ornament, svet“ tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. „Upakofka – Zvezda Rossii – 2002“ tanlovida oltin medal sohibi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:6-aprelda tugʻilganlar