Pak Gvan Ok (1922-yil, Xabarovsk, Samir qishlogʻi – nomaʼlum) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Budyonniy kolxozi aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949-yil 18-may).

Pak Gvan Ok 1922-yilda Xabarovsk oʻlkasi hududidagi Samir qishlogʻida (boshqa maʼlumotlarga koʻra Krasnaya Rechka qishlogʻida) tugʻilgan. Millati koreys.

1937-yil kuzida yapon militaristlarining Xitoyga bostirib kirishi natijasida. SSSR hukumati Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasi hududidagi aholini boshqa hududlarga koʻchira boshlaydi. Jumladan Pak Gvan Ok ham 1937-yilda oʻz qishlogʻidagi boshqa koreyslar bilan birgalikda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga koʻchirilgan.

Oʻzbekiston SSRga koʻchirilgach dastlab Budyonniy (1962-yildan „Kommunizm tongi“ deb nomlangan) nomidagi kolxozda dala ishchisi, keyin brigada aʼzosi boʻlib ishlagan.

Pak Gvan Ok jamoasi 1948-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 86,6 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.

1980-yilda Butunittifoq sotsialistik tanlovidagi ishtiroki hamda Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida erishgan yutuqlari uchun u ikkinchi bor Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

U 1990-yillarning oxirida vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Mehnat faxriysi medali sohiblari