Nosir ( — yordam, koʻmak; gʻalaba, yutuq) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Arabcha „nasr“ soʻzi – „yordam bermoq“, „gʻalaba qozonmoq“ feʼlidan kelib chiqqan. Bu ism Mansur, Nusrat, Nasriddin ismlari bilan va ansor, nusayriylar va an-nasroniya (xristianlik) soʻzlari bilan bir oʻzakka ega.
Taniqli shaxslar
Tarixiy shaxslar
Nosir III (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (961/2). Somoniylar sulolasidan; Nosir Mirzo — temuriy hukmdor Umarshayx Mirzoning kenja oʻgʻli, Bobur Mirzoning ukasi, shuningdek, Kosonsoy hokimi; Nosir Toʻra Sultoniy — Muhammad Rahimxon II Feruzning saroy shoirlaridan; Nosir Xisrav — Fors-tojik shoiri va mutafakkiri; Nosirbek Abdurahimov — Buxoro amirligida miroxoʻr, toʻqsoba lavozimlarida ishlagan.
Davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar
Nosir Mahmudov — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston KP (b) Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyat komitetlari (1943—1952) va Oʻzbekiston KP Qoraqalpogʻiston va Sirdaryo viloyat komitetlari (1956-1969) birinchi kotibi; Nosir Xoʻjayev — Oʻzbekiston SSR, SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi tibbiyot-sanitariya boʻlimi boshligʻi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1969-yil); Nosir Yoqubov — sovet va oʻzbek siyosatchisi; Nosirjon Aminov — oʻzbek siyosatchisi, qurilish muhandisi. 2020-yilda u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigs saylangan. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Fan arboblari va olimlar
Nosir Ahmedov — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor (1967), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967); Nosir Fozilov — yozuvchi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990); Nosir Ismoilov — terapevt; Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948); Nosir Maxmudov — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor; Nosir Muhammad — oʻzbek shoiri, tarjimon, xalqaro jurnalist; Nosir Otaboyev — oʻzbekistonlik rejissyor, Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi; Nosir Rashidov — mashinasozlik sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), texnika fanlari doktori (1976), professor (1978).
Sportchilar
Nosirbek Otaqoʻziyev — sobiq oʻzbek futbolchisi; Nosirjon Abdusalomov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiyalar
Nosirov Nosirova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari