Darya Sergeyevna Naumova (; 1995-yil 26-avgust, Belarusiya, Mogilyov viloyati, Potok qishlogʻi) — belaruslik ogʻir atletikachi, dastlab −75 kg vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasining kumush medali sovrindori va 2020-yili Tokioda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2019- yilgi Yevropa chempioni. 2018-yilgi jahon chempionati sovrindori. Belarus Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.

Tarjimai holi Darya Sergeyevna Naumova 1995-yil 26-avgustda Belarusning Mogiyov viloyati, Klichevskiy tumani, Potok qishlogʻida tugʻilgan. Sloboda nomli maktabda tahsil olgan. Darya maktabning 10-sinfiga qadar yadro va disk uloqtirish bilan shugʻullangan. Keyin esa ogʻir atletikaga oʻtgan va boʻyi pastligi tufayli kattalar darajasida musobaqalashish qiyinligi murabbiylar tomonidan tushuntirilgan. Bobruysk olimpiya zaxiralari maktabini tamomlagan. Hozirda Belarus davlat universitetining yuridik fakultetida 2-mutaxassislik uchub oʻqimoqda. Bobruyskda yashaydi.

Oilasi

Otasi — Sergey Mixaylovich Naumov. Onasi — Irina Matveyevna Naumova. Katta opasi — Polina (1987-yilda tugʻilgan), kollejda oʻqituvchi, yoshligida ogʻir atletika bilan shugʻullangan. Oʻrtancha opasi — Marina (1990-yilda tugʻilgan), maktabda oʻqituvchi.

Siyosiy qarashlari 2020-yilda Belarusdagi noroziliklar bostirilganidan keyin mamlakatning amaldagi hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi sport arboblarining ochiq xatiga imzo chekdi.

Faoliyati Xalqaro maydondagi debyutini 2012-yilda yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida −69 kg vazn toifasida amalga oshirgan. Keyinchalik 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

2018-yil noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida −81 kg vazn toifasida belaruslik sportchi umumiy 245 kilogramm ogʻirlikni koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu bilan birga, dast koʻtarishda 137 kg., siltab koʻtarishda esa 108 kg natija bilan kichik bronza medaliga sazovor boʻldi.

2019-yilda Batumida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Darya −76 kg vazn toifasida jami 242 kg vaznni koʻtarib, chempion unvoniga sazovor boʻlgan. Dast koʻtarishda ikkinchi oʻrinni (106 kg), siltab koʻtarishda esa birinchi oʻrinni (136 kg) olgan.

Asosiy natijalari Yil Musobaqalar Manzil Ogʻirlik toifasi Dast koʻtarish Siltab koʻtarish Jami Oʻrin 2014-yil Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati Tbilisi, Gruziya −75 kg 108 kg 133 kg 241 kg 4 2015-yil Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati Hyuston, AQSh −75 kg 115 kg 142 kg 257 kg 5 2016-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari Rio-de-Janeyro, Braziliya −75 kg 116 kg 142 kg 258 kg

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:26-avgustda tugʻilganlar Turkum:Belarus sportchilari Turkum:Mogilyovda tugʻilganlar Turkum:Belarusda tugʻilganlar Turkum:Ogʻir atletikachilar Turkum:Belaruslik ayol sportchilar