thumb| Dadia oʻrmonidagi kalxatlar Dadia oʻrmoni — Gretsiyaning shimoli-sharqidagi Evros mintaqaviy birligida joylashgan tabiiy oʻrmonlarning katta maydonidir. Oʻrmon asosan eman va qaragʻay daraxtlaridan tashkil topgan. Oʻrmon Yevropadagi yirtqich qushlar uchun eng muhim hududlardan biri boʻlib, Yevropada keng tarqalgan oʻlaksaxoʻrlarning toʻrtta turini koʻrish mumkin boʻlgan yagona oʻrmon hisoblanadi. Umumiy maydoni ni tashkil etadi. Oʻrmon toʻliq boshqariladigan, qoʻriqlanadigan hudud boʻlib, har yili taxminan 35 000 kishi tashrif buyuradi.

Tarixi

2023-yilgi oʻrmon yongʻinlari 2023-yil avgust oyidagi yirik oʻrmon yongʻinlari Alexandroupolis yaqinida, asosan, Dadia oʻrmonida 73 000 gektar (730 kvadrat kilometr) maydonida yuzaga kelgan. Mazkur yongʻin 18 kishining hayotiga zomin boʻlgan. Ushbu yongʻin 17 kun davom etgan va Yevropa Ittifoqi rasmiylari tomonidan 2023-yilgacha „Yevropa Ittifoqida qayd etilgan eng katta yongʻin“ deya baholangan. Yongʻin natijasida Dadia oʻrmonining 50% dan sal koʻprogʻi yonib bitgan, taxminlarga koʻra, yonib ketgan hududlar tiklanish belgilarini namoyon etishi uchun 10 yil va asl holatiga qaytish uchun 80 yil kerak boʻladi.

Geografiyasi Oʻrmon Gretsiyaning shimoli-sharqida, Alexandroupolisning shimoli-sharqida, Turkiya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan boʻlib, u yerda Rodop togʻlarining sharqiy qismida asosan aholi yashamaydi va anropogen omili taʼsir etmagan. Hududdagi daraxt bilan qoplangan tepaliklardan biri Evros tepaliklari boʻlib, taxminan uzunlikka ega. Ammo mazkur tepaliklarda baland choʻqqilar qayd etilmagan. Qoʻriqlanadigan hudud maydonni egallaydi va taxminan lik maydon himoya zonasi bilan oʻralgan. Uning yer ostida joylashgan jinslarga magmatik, baʼzi ishqoriy, va kislotali elementlar kiradi. Hududning koʻp qismi oʻrmonlardan iborat, ammo butazorlar, oʻtloqlar va ekin maydonlari ham mavjud. Daraxtzorlar asosan eman va qaragʻaylardan iborat.

Flora thumb| Iris pumila Dadia oʻrmonidagi dominant daraxtlar turk qaragʻayi, qora qaragʻay va uch turdagi eman hisoblanadi. Bular orasida cornus mas, cotinus, carpinus orientalis, ostrya carpinifolia, torminalis va terebentin kabilar ham keng tarqalgan. Oʻt oʻsimliklari, giyohlar va piyozli oʻsimliklar orasida paeoniyalar, turli xil orxideyalar, mitti iris, Iris reichenbachii, Fritillaria pontica, yovvoyi lolalar, Crocus pulchellus va Colchicum kabilarni uchratish mumkin.

Fauna Himoyalangan hududda sutemizuvchilarning 36 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilar va amfibiyalarning 40 turi qayd etilgan. Ammo oʻrmon asosan qushlar qoʻriqxonasi sifatida tanilgan. Yevropa yirtqich qushlarining 38 ta kunduzi faol boʻladigan turlaridan 36 tasi, shuningdek, 6 ta tungi turlari (boyqushlar) mavjud. Bu yerda toʻrtta mahalliy yevropa kalxat turlari, tasqara, boltayurat, Misr qumoyi va oq boshli qumoy singari oʻlaksaxoʻr qushlar topilgan. Dadia bunday qushlar toʻplanadigan Yevropadagi yagona oʻrmondir. Hududda burgutlar ham koʻp, qoʻriqlanadigan hududda bir necha juft burgut uyasi topilgan. Kichikroq yirtqich hayvonlarga lanner lochini, levant chumchugʻi va shoxli boyoʻgʻli kiradi. Bu yerda oq va qora laylaklar ham juda koʻp. Kichikroq qushlar orasida Ficedula semitorquata, coraciidae, Lanius nubicus va sharqiy Bonelli laylaklari bor. Hammasi boʻlib 219 turdagi qushlar qayd etilgan.

Tashrif buyuruvchilar Oʻrmon toʻliq boshqariladigan qoʻriqlanadigan hudud boʻlib, unga har yili 35 000 nafarga yaqin sayohatchilar tashrif buyurishadi. Sayyohlarning tashrifi Dadia qishlogʻi va kengroq hududdagi aholiga iqtisodiy foyda keltiradi. Boshqa obyektlar orasida Ekoturizm markazi, axborot markazi, qahvaxona va restoranlar mavjud. Oʻrmonda avtomobillar harakatiga ruxsat berilmaydi, lekin mikroavtobuslar ekoturlari tashkil etiladi va tashrif buyuruvchilar piyoda yoʻllarda ham yurishlari mumkin. Dadia yaqinida yotoqxona va oʻrmon orqali oʻtuvchi turli yoʻllar bor. Turli yirtqich hayvonlarni boqishlari, hamda ga yaqin uzoqlikda joylashtirilgan hayvonlarning terisidan tayyorlangan tulumlarni tomosha qilishlari mumkin.

Yana qarang

Dadia-Lefkimi-Soufli oʻrmon milliy bogʻi Manbalar

Turkum:Gretsiyadagi oʻrmonlar Turkum:Evros (mintaqaviy birlik)