Krškopolje choʻchqasi yoki Qora belbogʻli choʻchqa choʻchqaning avtoxton zoti boʻlib, kelib chiqishi Sloveniyaga borib taqaladi. Bu choʻchqa uy choʻchqalarining yagona saqlanib qolgan sloven avtoxton zotidir. Goʻsht ishlab chiqarish uchun boqiladi, Krškopolje choʻchqasini belidagi qora dogʻi va pushti oyoq hamda boshidan tanish mumkinSlovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021..

Kelib chiqishi va tarqalishi Bu zotning kelib chiqish hududi Quyi Karniolaning janubi-sharqiy qismlari, ayniqsa Krško-Brejiško dalasi, shuningdek, Jumberak togʻlarining etaklaridir. Krškopolje choʻchqasi haqidagi dastlabki hujjatlar XIX asrga tegishli boʻlib, zotning nomi va tavsifi sloveniyalik qishloq xoʻjaligi mutaxassisi Viljem Rorman tomonidan yozilgan hamd 1899-yilda Rokodelske novice gazetasida chop etilganSlovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.. Tizimli naslchilikning yoʻqligi va Krškopolje choʻchqasining Yorkshire zoti bilan nazoratsiz chatishishi sabablichoʻchqachilik boʻyicha mutaxassis va ruhoniy Anton Oblakning 1938-yilda zotning deyarli yoʻq boʻlib ketganligini eʼlon qilishga olib keldi„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21.

Keng koʻlamda boqiladigan qishloq hayvonlarining boshqa koʻplab eski zotlari singari Krškopolje choʻchqasi ham Ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng yoʻqolib ketish xavfi ostida qoldi, chunki yangi, tez semiradigan zotlar paydo boʻldi, koʻpayish maydoni qisqardi va choʻchqalar soni kamaydi„Krškopoljski Prašiči“. www.prasici.com (in Slovenian). Retrieved 2021-12-21.. Taxminan 1960-yilda bu zotga qarshi rasmiy kampaniya boshlandi, natijada choʻchqalar soni kamaydi„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21.. 2003-yildan keyun Krškopoljeni yetishtirishga boʻlgan qiziqish ortdi (qisman avtoxton zotlarga subsidiyalar va ekologik dehqonchilikka qiziqish ortib borayotgani sababli). Bugungi kunda u Sloveniyaning barcha hududlarida boqilmoqda. 2020-yildagi maʼlumotlarga koʻra, 2530 ga yaqin hayvon mavjud boʻlib, zotning populyatsiyasi barqaror deb belgilangan.

Tashqi koʻrinishi thumb| Loydagi katta yoshli choʻchqa Krškopolje — oʻrta boʻyli qora choʻchqa zoti boʻlib, hayvonlarning yelkalari va old oyoqlariSlovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021. pushti yoki oq tusda„Krskopolje / Slovenia (Pig)“ . fao-dadis-breed-detail.web.app. Retrieved 2021-12-21.. Odatda hayvonlarning tumshugʻi pushti tusda boʻladi. Ularning tuklari tekis, tanasining orqa qismida qora belbogʻi borLukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4..

Oʻrtacha choʻchqalar 280 kgcha yetadi. Burunning uchidan dumning boshigacha oʻlchanganida, kattalar erkaklarining oʻrtacha uzunligi 152 sm va katta yoshli urgʻochilarning oʻrtacha uzunligi 140 sm ga yetadi. Erkaklarda bosh uzunroq (urgʻochining boshi taxminan 30 sm uzunlikda).

Koʻpaytirish va foydalanish Qora belbogʻli choʻchqa — koʻp boqiladigan choʻchqa zoti boʻlib, odatda molxonalarda va yaylovlarda saqlanadi. Zot kambagʻal sharoitlarga moslashgan, hayvonlar chidamli, oʻrtacha unumdorSlovenske avtohtone in tradicionalne pasme domačih živali (2014). Oddelek za zootehniko, UL BF (in Slovenian). Retrieved 21.12.2021.. Odatda ona choʻchqa bir yilda 8-10 ta bola tugʻadiLukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4.. Bu zotning reproduktiv holati bilan bogʻliq nisbatan keng tarqalgan muammolar oʻlik tugʻilgan choʻchqalardir (foiz oʻzgaruvchan, odatda 5,7 dan 21,9%).

Bu zotning choʻchqalari sifatli goʻshtLukač, Nina Batorek; Tomažin, Urška; Škrlep, Martin; Kastelic, Andrej; Poklukar, Klavdija; Čandek-Potokar, Marjeta (2019-02-06). „Krškopoljski prašič (Krškopolje Pig)“. European Local Pig Breeds — Diversity and Performance. IntechOpen. ISBN 978-1-78985-408-4. va choʻchqa yogʻi uchun boqiladi . Ilgari, Karniolan kolbasasini tayyorlashda Krškopolje goʻshti koʻpincha ishlatilgan„Krškopoljski prašič | Genska banka“. www.genska-banka.si (in Slovenian). Retrieved 2021-12-22.. Ideal dehqonchilik sharoitida yosh choʻchqa bolalari kuniga taxminan 1 kg vaznga ega boʻlishadi„Krškopolje“. www.thepigsite.com. Retrieved 2021-12-21..

Galereya

Manbalar