Edith Soppe (1961-yil 10-avgust – 2005-yil 22-noyabr) argentinalik shaxmatchi. U 1978-yilda FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvonini qoʻlga kiritgan va shaxmat boʻyicha Argentina chempionatining uch karra gʻolibi (1979, 1980, 1981) hisoblanadi.
Biografiyasi 1970-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha Soppe argentinalik ayol shaxmatchilarning yetakchilaridan biri boʻlgan. U ketma-ket uch marta shaxmat boʻyicha Argentina chempionatida gʻolib chiqgan: 1979, 1980 va 1981-yillardagi musobaqalar shular jumasidandur. 1978-yilda u FIDE Janubiy Amerika mintaqaviy turnirida Berna Karrasko bilan birga birinchi oʻrinni egallagan va FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻlgan. 1979-yilda Rio-de-Janeyroda Soppe zonalararo turnirda qatnashgan va 15-oʻrinni egallagan.
Soppe Argentina terma jamoasi tarkibida quyidagi ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan:
- 1976-yilda Hayfa shahrida oʻtkazilgan VII Shaxmat Olimpiadasida (ayollar) ikkinchi oʻrinni egallagan (+3, =3, −3),
- 1978-yilda Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+6, =1, −6),
- 1980-yilda Valletta shahridagi 9-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+4, =9, −0),
- 1982-yilda Lutserndagi 10-shaxmat olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+6, =4, −3).
U oilasiga koʻproq vaqt ajratish va oʻzini farzandlariga bagʻishlash uchun turnirlarni tark etgan. Uning ikki nafar farzandi bor edi. U oʻqituvchi va rahbar sifatida ham ajralib turgan. Luz y Fuerza maktabida u koʻplab shaxmatchilarni tarbiyalagan (ular orasida Kordovaning ikkita chempioni ham bor). U Kordova viloyati shaxmat assotsiatsiyasini (AACC) tashkil etishda ulkan hissa qoʻshgan.
U 2005-yil 22-noyabrda 44 yoshida vafot etgan.
2012-yildan boshlab Soppe xotirasiga shaxmat boʻyicha turnirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Manbalar
Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:2005-yilda vafot etganlar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Sportchilar Turkum:Argentinalik shaxmatchilar