UEFA Yevro 2024 ( yoki EURO 2024, ) — Futbol boʻyicha oʻn yettinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2024-yilning 14-iyunidan 2024-yilning 14-iyuligacha Germaniyada oʻtkazilgan. Musobaqa gʻolibi 2025-yilgi KONMEBOL – UEFA Chempionlar Kubogida 2024-yilgi Amerika Kubogi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Turnirda 24 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Gruziya terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Germaniya uchinchi marta Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi. 1988-yilgi Yevropa chempionati G'arbiy Germaniyada oʻtkazilgan. Yevro-2020ning (2020-yilgi Yevropa chempionati oʻyinlari 11 ta davlat hududida oʻtkzilgan) to'rtta o'yini Münchenda o'tkazilgan. 2006-yilgi jaahon chempionatidan keyin Germaniya mezbonligida bu darajadagi yirik musobaqa oʻtkazilmagan.

Italiya Yevropaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Italiya terma jamoasi 2020-yilgi turnir finalda Angliyani penaltilar seriyasida magʻlub etgan.

Turnir mezbonini aniqlash

2017-yil 8-mart kuni UEFA Germaniya va Turkiya davlatlari musobaqani oʻtkazish istagi borligi haqida maʼlum qilganligini ommaga ochiqlagan.

Mezbon UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan tanlab olingan. Turninr mezbonligini qoʻlga kiritish uchun moxfiy ovoz berish jarayonida eng koʻp ovoz toʻplash talab etilgan. Agar ovozlar teng bo'lib qolsa, yakuniy qaror UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tarafidan eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan edi. UEFA Ijroiya qo'mitasidagi 20 a'zodan Reinhard Grindel (Germaniya) va Servet Yardımcı (Turkiya) mezbonlikka daʼvogar ikki davlatdan boʻlgani sababli ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan. Lars-Christer Olsson (Shvetsiya) esa betobligi tufayli mazkur jarayonda qatnasha olmagan. Jami 17 kishi Yevropa chempionati mezbonini aniqlash uchun oʻtkazilgan ovoz berish jarayonida ishtirok etgan.

Mezbon 2018-yil 27-sentabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida aniqlangan. Germaniya dastlab Yevro-2020ga to'liq mezbonlik qilishni rejalashtirgan edi. Ammo 2012-yil may oyiga qadar bu masalada hech qanday harakat amalga oshirmagan.

+ Ovoz berish natijalari Mamlakat Ovozlar 12 4 Betaraf 1 Jami 17

Joylar Germaniya hududida Yevropa chempionati o'yinlarini oʻtkazish uchun talabga (minimal sig'im: 30.000 kishi) javob beradigan koʻplab stadionlar mavjud ediSource: UEFA Euro 2024 Tournament Requirements, Sector 2, pag. 4, 5..

Yevro-2024 uchun tanlangan o'nta maydondan to'qqiztasida (Berlin, Dortmund, München, Kyoln, Stuttgart, Gamburg, Leipzig, Frankfurt va Gelsenkirchen shaharlaridagi stadionlar) JCh-2006 oʻyinlari oʻtkazilgan. Düsseldorf shahridagi stadiondan 2006-yilda foydalanilmagan, lekin 1974-yilgi jahon chempionati va Yevro-1988ning bir nechta oʻyinlari mazkur stadionda oʻtkazilgan. 2006-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Hannover, Nyurnberg va Kaiserslautern shaharlaridagi stadionlardan bu chempionat uchun foydalanilmaydi. Shuningdek, München, bir nechta davlat mezbonligida oʻtkazilgan Yevro-2020 turniriga mezbonlik qilgan shaharlardan hisoblanadi. Bu shaharda to'rtta o'yin (uchtasi Germaniya ishtirokida) oʻtkazilan va mazkur bahslarga COVID-19 cheklovlari tufayli juda kam tomoshabin tashrif buyurgan.

Bremen va Mönchengladbachdagi stadionlar Yevro-2024ni oʻtkazish uchun tanlangan staqdionlar qatoriga kiritilmagan. Joylar Germaniyaning katta qismini qamrab olgan. Yevro-2024 musobaqasi oʻtkaziladigan joylar soni eng koʻp boʻlgan hudud Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Rhine-Ruhrr metropolitan mintaqasi hisoblanadi. Oʻnta mezbon shahardan toʻrttasi (Dortmund, Düsseldorf, Gelsenkirchen va Kyoln) mazkur hududda joylashgan.

Berlin München Dortmund Stuttgart Olympiastadion Munich Football Arena BVB Stadion Dortmund Stuttgart Arena Sigʻimi: 70,000 Sigʻimi: 66,000 Sigʻimi: 62,000 Sigʻimi: 51,000 Gelsenkirchen Frankfurt Arena AufSchalke Frankfurt Arena Sigʻimi: 50,000 Sigʻimi: 47,000 Hamburg Düsseldorf Cologne Leipzig Volksparkstadion Düsseldorf Arena Cologne Stadium Leipzig Stadium Sigʻimi: 49,000 Sigʻimi: 47,000 Sigʻimi: 43,000 Sigʻimi: 40,000

Jamoalar bazalari

Har bir terma jamoaga musobaqa davomida istiqomat qilish va mashgʻulot oʻtkazish uchun alohida hudud ajratilgan.

JamoaShaharMashgʻulot maydoniKamenBerlinMommsenstadionLudwigsburgWasenstadion, SGV Freiberg am NeckarNeuruppin, MSV NeuruppinHamburg, FC Eintracht Norderstedt 03FreudenstadtHermann-Saam-StadionBlankenhainGolfresort Weimarer LandBad LippspringeHome Deluxe Arena, SC Paderborn 07VelbertStadion Velbert, SSVg VelbertHerzogenaurachAdidas Campus/HomeGroundWeiler-SimmerbergTannenhof Resort, Sport & SpaIserlohnHemberg-StadionWolfsburg, VfL Wolfsburg (women)HannoverEilenriedestadionHarsewinkel Hotel-Residence Klosterpforte Marienfeld / Sports groundsWürzburgAkon Arena, FC Würzburger KickersGarmisch-PartenkirchenStadion am GröbenAugsburgRosenaustadion, FC Augsburg (Women)MainzBruchwegstadion, 1. FSV Mainz 05WuppertalStadion am Zoo, Wuppertaler SVDonaueschingenDer ÖschberghofStuttgartGazi-Stadion auf der WaldauBarsinghausenWiesbadenStadion am Halberg

Chiptalarni rasmiylashtirish O'yinlar uchun chiptalar UEFA ning rasmiy veb-saytida sotiladi. Shuningdek, 24 ishtirokchi mamlakatlarning futbol assotsiatsiyalari tomonidan ham tarqatiladi. Chiptalar sotuvi 2023-yil 3-oktabrda boshlangan. Turnirning 51 ta o‘yini uchun 2,7 million chiptaning 80 foizdan ortig‘i ishtirokchi jamoalar muxlislari va keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Har bir ishtirokchi jamoa muxlislari uchun guruh bosqichi o‘yinlariga 10 000 ta, 1/8 final va chorak final o‘yinlari uchun 6 000 ta, yarim final uchun 7 000 ta, final o‘yini uchun 10 000 ta chipta ajratilgan. 206 ta davlatdan 50 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Germaniya muxlislaridan tashqari, chipta uchun eng ko'p soʻrovlar UEFAga Turkiya, Vengriya, Angliya, Albaniya va Xorvatiya terma jamoasining muxlislari tarafidan yuborilgan. Narxlar 30 yevrodan (guruhdagi o‘yinda darvoza ortidagi oʻrindiq uchun) 1000 yevrogacha (finaldagi markaziy tribunadagi oʻrindiq uchun).

Saralash bosqichi

Mezbon sifatida Germaniya avtomatik tarzda turnirga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi. Qolgan 23 ta jamoa saralash turniri orqali aniqlab olindi; 10 ta saralash guruhi g'oliblari va ikkinchi o'rinlarin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Qolgan uchta jamoa esa pley-off orqali aniqlandi. Pley-off o'yinlarida ishtirok etish imkoniyati UEFA Millatlar ligasining 2022—2023-yilgi mavsumida eng yaxshi natija ko'rsatgan, lekin saralash turniri orqali 2024-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan jamoalarga berildi. 2022-yil 9-oktabr kuni Frankfurtdagi Festhalle nomli arenada Yevro-2024 saralash turnirining guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo'lib o'tgan. Guruh bosqichi 2023-yilning martidan noyabrigacha, uchta pley-off oʻyinlari esa 2024-yilning mart oyida oʻtkazilgan.

Musobaqada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan jamoalar Turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 24 ta jamoadan 19 tasi avvalgi musobaqada ishtirok etgan. Ular orasida amaldagi chempion Italiya va ikkinchi o‘rin sohibi Angliya, shuningdek, 2022-yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan Fransiya va bronza medali sohibi Xorvatiya ham bor. Portugaliya saralash bosqichidan yo'qotishlarsiz (hamma o'yinda g'alaba) o'tgan yagona jamoa bo'ldi. Fransiya, Angliya, Belgiya, Vengriya va Ruminiya terma jamoalari ham saralash bosqichini mag'lubiyatsiz yakunlashgan.

Albaniya va Ruminiya terma jamoalari Yevro-2020ni o'tkazib yuborganidan so'ng, yana yirik turnirda ishtirok etish imkonini qo'lga kiritdi. Serbiya va Sloveniya termalari Yevro-2000dan keyin ilk marta mazkur musobaqada ishtirok etadigan bo'lishdi. Serbiya terma jamoasi Serbiya va Chernogoriya alohida davlatga aylanganidan beri ilk marta saralash bosqichidan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Sloveniya mustaqil davlat sifatida o'z tarixida to'rtinchi marta yirik turnirga yo'llanma oldi. Gruziya pley-off bosqichida Gretsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidandan keyin mustaqil davlat sifatida ilk turnirga yo‘llanma oldi va 17-Yevropa chempionatining yagona debyutantiga aylandi. Gruziyaning debyuti Yevro-1960da boshlangan har bir turnirda bitta yangi jamoa ishtirok etishi anʼanasining davom etishini ta’minladi.

Shvetsiya, Rossiya va Uels terma jamoalarining Yevro-2024da ishtirok etmasligi eʼtiborga molik. Shvetsiya Yevro-1996dan beri birinchi marta mazkur turnirda qatnasha olmaydigan boʻldi. Shuningdek, shvetsiyaliklar 2022-yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishgan edi. Shu tariga, ular ketma-ket ikkinchi yirik turnirda qatnashmaydigan boʻlishdi. Yevro-2000 dan beri doimiy ravishda Yevropa chempionatining guruh bosqichida qatnashib kelgan Rossiya Ukrainaga bosqin sababli saralash bosqichidan chetlashtirildi. Oldingi ikki turda, jumladan, Yevro-2016 yarim finalida pley-off bosqichiga chiqqan Uels terma jamoasi Yevro-2024 musobaqasining saralash turniri pley-off bosqichida Polshaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Yevro-2020da debyut qilgan Shimoliy Makedoniya va Finlandiya terma jamoalari bu safar musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi.

Rossiyaning diskvalifikatsiyasi 2022-yil 20-sentabr kuni Hvarda (Xorvatiya) bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida Rossiyaning Yevro-2024 saralashidan chetlatilishi tasdiqlandi. 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqini bunga sabab qilib koʻrsatilgan. Natijada Rossiya terma jamoasi 2000-yildan beri birinchi marta Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradigan boʻldi.

Qurʼa tashlash marosimi Qurʼa tashlash marosimi 2023-yil 2-dekabr kuni Gamburgdagi Elbphilharmonie nomli konsert zalida boʻlib o‘tdi. Jamoalar saralash bosqichida qayd etgan natijalariga koʻra savatlarga taqsimlandi. Mezbon Germaniya avtomatik tarzda 1-savatga joylashtirildi va A guruhidan oʻrin olgan. Pley-offning uchta g'olibi qura vaqtida ma'lum emas edi. 2024-yil mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu pley-offda ishtirok etuvchi jamoalar qur'a tashlash marosimida 4-savatga joylashtirildi. Qur'a tashlash marosimi bir necha marta pranker yuzaga keltirgan turli xil shovqinlar sababli toʻxtatilgan. 1-savat: Germaniya (mezbon), 1–5-guruh g‘oliblari 2-savat: 6–10-guruh gʻoliblari, 1-guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa 3-savat: 2–7-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar 4-savat: 8–10-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar va 3 ta pley-off oʻyini gʻoliblari (qur’a tashlash marosimi paytida pley-off gʻoliblari nomi maʼlum emas edi)

Savatlar + 1-savatJamoaJamoa (mezbon)—12345 + 2-savatJamoa67891011 + 3-savatJamoa121314151617 + 4-savatJamoa181920A pley-off gʻolibirowspan="3"B pley-off gʻolibiC pley-off gʻolibi

Qurʼa natijasi + A guruhiOʻrin JamoaA1 A2 A3 A4 + B guruhiOʻrin JamoaB1 B2 B3 B4 + C guruhiOʻrin JamoaC1 C2 C3 C4 + D guruhiOʻrin JamoaD1 D2 D3 D4 + E guruhiOʻrin JamoaE1 E2 E3 E4 + F guruhiOʻrin JamoaF1 F2 F3 F4

Tarkiblar

Jamoalar qaydnomasidagi futbolchilarning maksimal miqdori dastlab 23 nafar etib belgilangan. Ammo keyinchalik 26 nafarga oshirilgan. Jamoalar minimum 23 nafar, maksimal 26 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni 7-iyungacha taqdim etishlari kerak edi.

Oʻyin rasmiylari (hakamlar) 2024-yil aprel oyida turnirdagi 51 ta o‘yinni boshqarish uchun 19 ta hakamlar brigadasi tanlab olindi. Jumladan, UEFA va KONMEBOL konfederatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida Germaniyada oʻtkaziladigan musobaqaga Argentinadan ham hakamlar brigadasi taklif qilingan.

+ Hakamlar brigadalariHakamQanot hakamlariIshlagan oʻyinlariSandro SchärerStéphane de Almeida Bekim ZogajGermaniya–Shotlandiya (A guruhi)

Bundan tashqari, UEFA yigirmata Video Assistent Referi (VAR) tizimida ishlovchi va o'n ikkita yordamchi hakamlar (ular to'rtinchi hakam yoki zaxira hakami vazifasini bajaradi) roʻyxatini ham e'lon qildi.

+ VAR tizimida ishlovchi hakamlarMamlakatHakam(lar)Stuart Attwell David CooteJérôme Brisard Willy DelajodBastian Dankert Christian Dingert